Sönggi kunlarning eng köp muhokama qilinayotgan mavzusi elektr-energiyasi narxining liberalizatsiya qilinişi, ya'ni bozorga moslanişi, oddiy til bilan aytganda oşişi bilan boğliq. Bu mavzu «Elektr energiyasi narxini liberallaştiriş: kutilayotgan natija, ehtimoliy salbiy oqibatlar va ularning oldini oliş» nomli maqola orqali saytimizda ham atrofliça yoritildi. Xöş, aksariyat aholining köngli tölmaydigan bu islohotdan qanday maqsad közlangan?

Mavzuga oid savollarga javob oliş uçun Özbekiston respublikasi Energetika vaziri örinbosari Şerzod Xodjayev bilan suhbatlaşdik.

Elektr energiyasi narxini oşirişdan maqsad nima?

– Şerzod aka, sohaga kiritilayotgan subsidiyalar hajmi qay darajada? Ular qaçon butunlay töxtatiladi? Elektr energiya tarmoği töliq erkinlaştirilişi, davlat umuman aralaşmaydigan mutlaq erkin bozor qaçon yuzaga keladi?

– Hamma gap subsidiya deganda nimani tuşunişda. Sohamiz öz xarajatini özi qoplaydi, ya'ni zararga işlamaydi, bevosita davlatdan qandaydir mablağ olmaydi. Ammo tizimni modernizatsiya qiliş, eski uskunalarni almaştiriş, yangi loyihalarni işga tuşirişda albatta davlat mablağlari yordamga keladi. Mahsulot tannarxi va sotuv narxi örtasidagi tafovutga kelsak, ayrim korxonalarimizda tannarx hatto sotuv narxidan ança qimmat, ayrimlarida arzon. Lekin umumiy miqyosda olinsa, bir-biriga mutanosib keladi.

Şu savolga aloqador bir holatni aytsam. Agar energiya işlab çiqariş hududi bilan unga eng köp ehtiyoj bölgan (ya'ni aholi ziç, işlab çiqariş yuqori) hududlarni soliştirsak, ikki xarita bir-biridan keskin farq qiladi.

– Özi bu sohaga davlat mutlaqo aralaşmaydigan, töliq talab va taklifga asoslangan biror mamlakat bormi?

– Qiziq savol. Javobi – yöq va bölişi mumkin ham emas. Sababi aniq, elektr energiyasi hanuz köp jihatdan foydali qazilmalarga bevosita boğliq va ular tabiiy monopoliyalar hisoblanadi. Şunday ekan, qanday qilib davlat aralaşuvisiz iş olib boriş mumkin? Hammasi davlat aralaşuvi qay daraja ekanligida. Mana yaqinda Turkiyada ayni şu mavzu yuzasidan yirik xalqaro tadbir bölib ötdi va bu davlat tajribasi köpçilikka misol tariqasida keltirildi. Davlat soha rivoji uçun hammaga qulay va teng imkoniyatlar yaratadi, lozim bölgan joyda öz kafolatlari bilan yordamga keladi. Misol uçun, tabiiy boyliklarning kafolatlangan ta'minotini yaratadi, xarid tizimi uçun huquqiy asosni yölga qöyadi. Eng muhimi, yangi yönaliş bölgan qayta tiklanuvçi energiya işlab çiqarişni har jihatdan qöllab-quvvatlaydi.