Energetika vazirligida elektromobillarni quvvatlantiriş stansiyalarida yuzaga kelayotgan muammoli masalalar böyiça muloqot bölib ötdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Energetika vaziri örinbosari Umid Mamadaminov boşçiligidagi uçraşuvda Toşkentda faoliyat yuritayotgan “Tok Bor”, “Megawatt Energy”, “GreenTE”, “Q.Watt”, “TezTok”, “Mustang Energy”, “Voltauto”, “EBB Charging” hamda “Spectre Energy” kompaniyalari rahbarlari iştirok etgan. Bundan taşqari, unda Boş prokuratura, “Özenergoinspeksiya”, Kadastr agentligi, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Yaşil energiya” va Toşkent şahar hokimligi mutasaddilari ham qatnaşgan.
Anjumanda poytaxtda elektromobillarni quvvatlantiriş stansiyalari elektr ta’minotidan öçirib qöyilayotgani bilan boğliq holat muhokama qilingan. Subiste’molçi sifatida aholiga xizmat körsatib kelayotgan kompaniyalar özlari duç kelgan muammolar haqida gapirib bergan bölsa, mutasaddilar bu borada izoh berişgan.
Energetika vazirligi quvvatlaş stansiyalarini tarmoqdan uziş böyiça topşiriq bermaganini hamda ekologiyamizni asraşga katta hissa qöşadigan elektromobillarni Özbekistonda ommalaştiriş tarafdori ekanini yana bir bor ta’kidladi. Şu bilan birga, tadbirkorlardan qonunçilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritişlari söralgan

Elektromobil stansiyalarining tokdan uzilişi
Toşkent şahrida elektromobil stansiyalari ommaviy ravişda elektr tarmoğidan uzilgani haqida Kun.uz 17 dekabr kuni xabar bergan edi. Tadbirkorlarga köra, quyi böğindagi mas’ullar holatni “tepadan şunday buyruq böldi” deya izohlagan.
Şundan keyin Energetika vazirligi quvvatlaş stansiyalarini tarmoqdan uziş böyiça topşiriq bermaganini ma’lum qildi, “Hududiy elektr tarmoqlari” esa göyoki faqat qarzi bor iste’molçilar tarmoqdan uzilayotganini bildirdi.
Bir neça kun ötib Kun.uz qayta boğlangan tadbirkorlar HETning izohini rad etib, elektr energiyasidan qarzlari yöqligi, ular HETK bilan emas, transformatorga egalik qiluvçi savdo markazi yoki mehmonxona kabilar bilan şartnoma asosida, subabonent sifatida elektrdan foydalanişi, mas’ullar esa birlamçi abonentni emas, faqat stansiyalarni elektrdan uzib ketganini aytişdi.








