Özbekiston Qozoğistonning «Gornyye raboty» kompaniyasi işonçli boşqaruviga ikkita issiqlik elektr stansiyasini topşiradi.
Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ötkazilgan brifingda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boşqaruvi raisi Ruslan Mubarakşin xabar berdi.
Hozirgi paytda Angren va Yangi Angren IESni uç yilga işonçli boşqaruvga topşiriş böyiça kelişuv tafsilotlari işlab çiqilmoqda. Uşbu hujjatda tabiiy gazdan foydalanişni maksimal qisqartiriş va kömir yoqiş uluşini köpaytiriş nazarda tutilgan.
«Özbekistonda birinçi marta elektr stansiyasini boşqariş xususiy şaxslarga topşiriladi. Asosiy vazifa - IESni tabiiy gazdan ozod qiliş», - dedi Ruslan Mubarakşin.
Uning qöşimça qilişiça, Qozoğistondagi yirik kömir konlari egasi bölgan «Gornyye raboty» kompaniyasi bilan Özbekistonga kömir yetkazib beriş masalasi muhokama qilinmoqda.
«Past narxlarga erişiş uçun muzokaralar olib boramiz. Kömir importi elektr energiyasi tannarxiga ta'sir qilmasligi hamda iste'molçilar uçun tariflarning oşişiga olib kelmasligi kerak. Yetkazib beriş işlari Angren kömir koni töliq işga tuşirilgunga qadar amalga oşiriladi», - dedi kompaniya rahbari.
Şuningdek, uning qayd etişiça, Özbekistonda kömirning juda katta zaxiralari mavjud.









