Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy-protsessual kodeksi (keyingi örinlarda IPK)ga kiritilgan qöşimça va özgartirişlardan yuriskonsult sifatida işimiz osonlaşişidan xursand böldik.

Jumladan, Özbekiston Respublikasining «Mamlakatda işbilarmonlik muhitini yaxşilaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar qabul qilingani munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Qonuni (Qonunçilik palatasi tomonidan 22.02.2019 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.02.2019 y. ma'qullangan) bilan Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy-protsessual kodeksiga 5ta moddadan iborat «Soddalaştirilgan tartibda iş yuritiş» deb nomlangan 231-bob bilan töldirildi.

Mazkur qöşimçalarga köra, endilikda agar da'voning bahosi yuridik şaxslarga nisbatan - eng kam oylik iş haqining yigirma baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan esa - beş baravaridan oşmasa, da'vo arizalari böyiça işlar soddalaştirilgan iş yuritiş tartibida körib çiqilişi lozim.

Uşbu özgartirişlar kiritilguniga qadar esa, da'vo işlari da'vo summasidan qat'i nazar da'vo işlarini yuritişning umumiy qoidalari böyiça amalga oşirib kelingan edi.

Qonun amalga kiritilganiga 4 oydan ortiq vaqt ötdi va qonunni amalda qöllaş davomida özining xato va kamçiliklarini namoyon qila boşladi yoki soddalaştirilgan tartibda iş yuritişning soddaligi şubha ostida qoldi.

Sababi, birinçidan, özgartiriş kiritilguniga qadar IPKning 149-moddasiga köra, da'vogar da'vo taqdim etganda javobgarga va uçinçi şaxslarga da'vo arizasining va unga ilova qilingan, uşbu şaxslarda mavjud bölmagan hujjatlarning köçirma nusxalarini yuborişi şart edi. Köçirma nusxalar poçta orqali buyurtma xat bilan jönatilar va bu haqdagi poçta kvitansiyasi da'vo arizasiga ilova qilinar edi, xolos!

Endi-çi? Endi, soddalaştirilgan tartibda iş yuritişda sudga topşiriş uçun da'vo arizasiga IPKning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinişi bilan bir qatorda, da'vo arizasiga da'vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning köçirma nusxalari javobgarga topşirilgani haqida dalillar ilova qilinişi belgilandi.

Hamma muammo şundan keyin boşlandi. Javobgarga topşirilgani haqidagi dalillar deganda biz nima tuşunamiz? Javobgarga şaxsan yetkazib berib, da'vo ariza nusxasiga uni qabul qilgani töğrisida imzo qöydirib, muhr bilan tasdiqlatib oliş kerakmi yoki hujjatlar nusxasini buyurtma xat orqali topşirilgani töğrisida xabarnomaning özi yetarlimi?

Unisiyam, bunisiyam da'vogar uçun juda noqulayliklarni keltirib çiqarmoqda. Masalan, da'vogar Toşkent şahrida, javobgar esa poytaxtdan uzoq bölgan viloyatlardan birida joylaşgan bölsa, unda da'vogar yuzlab kilometr yöl yurib, öşa viloyatga borib, javobgarni izlab, agarda birinçi kunning öziyoq javobgarni topa olsa, unga da'vo arizasini topşirib, agarda javobgar da'vo arizani olişdan boş torsa, xolis topib kelib, bu haqda bayonnoma rasmiylaştirib, keyin qaytib kelib, sudga arizani topşirişi kerakmi?

Yoki, da'vogar javobgarga da'vo arizasi va unga ilova hujjatlarni poçta orqali buyurtma xat bilan yuborib, xat topşirilgani töğrisidagi xabarnomani kutib ötirişi kerakmi? Bu kutiş muddati hozirda eng kamida 20 kunni taşkil qilmoqda.

Ikkinçidan, yuqoridagi holatdan ham qiziğroği, bir amallab da'vo arizani sudga topşirib ham oldik. Endiçi, endi da'vogarga nima tösqinlik qilyapti deysizmi? Yöq, heç qanday tösqinlik yöq, faqat ozgina qoğozbozlikni aytmasa!

IPKning yangi kiritilgan 2035-moddasiga köra, soddalaştirilgan iş yuritiş tartibida körib çiqilgan iş böyiça qaysi hal qiluv qarori qonuniy kuçga kirguniga qadar (ya'ni 10 kun içida) ixtiyoriy tartibda ijro etilmagan bölsa, öşa hal qiluv qarori taraflarning iltimosnomasi böyiça sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida uşbu Kodeks V bölimining qoidalariga binoan, sud xarajatlarini undirişga taalluqli qismi esa sud taşabbusi bilan majburiy ijro etilişi lozim.

Jumladan, sud hal qiluv qarori qabul qilib, taraflar (da'vogar (arizaçi) va javobgar)ga uning nusxasini jönatadi. Hal qiluv qarorini olganidan söng u qonuniy kuçga kirguniga qadar da'vogar javobgardan hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etişini kutib ötiradi.

Mana, hal qiluv qarori qonuniy kuçga kirdi va javobgar öz ixtiyori bilan uni ijro qilmadi. Endi, da'vogar yana sudga iltimosnoma bilan çiqib, suddan javobgar hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro qilmaganini, şuning uçun ijro varaqa berişni söraydi va şundan keyingina da'vogar, nasib bölsa, ijro varaqa oladi.

Buning nimasi yomon deyişingiz mumkin. Soddalaştirilgan iş yuritiş tartibi joriy etilguniga qadar esa, hal qiluv qarori qabul qilinganidan söng, u qonuniy kuçga kirganidan keyin sud ijro varaqani da'vogarga şaxsan topşirar yoki poçta orqali yuborar edi, ya'ni sud bitta ijro varaqada da'vogar foydasiga undirilişi kerak bölgan barça summalarni körsatar edi, hozirgidek, faqat sud xarajatlarini emas. Endi esa, sud oldin sud xarajatlarini undiriş böyiça ijro varaqa çiqaradi, keyin taraflar iltimos qilganidan keyingina, asosiy qarzdorlik böyiça ijro varaqa çiqaradi. Buning hammasi, qoğozbozlik va vaqt degani emasmi?

Normativ-huquqiy hujjatlarni şoşma-şoşarlik bilan qabul qilmasdan, avval huquqiy eksperimentdan ötkaziş, eksperiment davomida aniqlangan takliflarni inobatga olgan holda qonunni qabul qiliş maqsadga muvofiq bölar edi. Bunaqada umuman normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilmasdan, faqat eksperimentdan ötkazib ötiramiz deysizmi? Ha albatta, zero, şoşma-şoşarlik bilan qabul qilib qöyib, keyin muddatini uzaytiriş yoki bekor qilişdan köra, yaxşiroq yöl deb öylaymanda.

Xulosa örnida aytmoqçimanki, yuqoridagi soddalaştirilgan tartibda iş yuritişning murakkabliklari hali köp muddat ötmagan bölsa-da sudga da'vo ariza bilan murojaat etuvçilarning noroziligiga sabab bölmoqda, bunday murakkabliklarni aylanib ötiş uçun taraflar nimalar öylab topişlarini taxmin qiliş esa, qiyin emas, masalan, da'voning bahosini sun'iy ravişda eng kam oylik iş haqining beş yoki yigirma baravaridan oşirib körsatiş holatlariga yöl qöyişi mumkin va hokazo.

Aytişingiz mumkin, şunça muammoni öylab topibsan, uni yeçimi ham bormi deb, albatta bor, uning yeçimi soddalaştirilgan tartibda iş yuritişni taraflar uçun majburiy emas, balki ixtiyoriy qiliş kerak. Kimning vaqti bemalol bölsa, marhamat, şoşmasdan, da'vo ariza tayyorlab, uning nusxasini javobgarga şaxsan olib borib berib yoki poçta orqali jönatib, xabarnoma kelişini kutib, keyin nizoni sud orqali qilaversin, lekin kimdir buni xohlamasa, uni bunga majburlamasligimiz kerak, umumiy tartibda da'vo bilan murojaat qilaversin.

Ya'ni, agar da'voning bahosi yuridik şaxslarga nisbatan — eng kam oylik iş haqining yigirma baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan esa — beş baravaridan oşmasa, da'vo arizalari böyiça işlar soddalaştirilgan iş yuritiş tartibida körib çiqilişi «lozim» deb emas, balki «mumkin» deb özgartirsak kifoya, muammo hal böladi.

Vaqtning özi, qaysidir normani öz-özidan işlamaydigan qilib qöyadi va bekor qilişga mahkum etadi.

Baxriddin Bobokeldiyev

huquqşunos