Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQShdan uni F-35 ishlab chiqarishdan chetlashtirmaslikni so‘radi
Turkiya AQShdan uni F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan chetlashtirmaslikni so‘radi.
"Turkiya Qo‘shma Shtatlarni F-35 dasturidan chetlashtirish bo‘yicha xatosini to‘g‘rilashga chaqiradi. Bu xato munosabatlarning o‘nglab bo‘lmas darajada buzilishiga olib kelishi mumkin", - deyiladi Turkiya TIV bayonotida.
"Asosiy hamkorlardan biri bo‘lgan Turkiyaning F-35 ishlab chiqarish bo‘yicha dasturdan chetlashtirilishi adolatsizlikdir. Shuningdek, S-400 tizimi F-35 samolyotlarini zaiflashtiradi degan ta'kidlar ham asossiz", - deb ta'kidlagan TIV.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an AQShning Anqaraga F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishdan bosh tortishini "talonchilik" deb atagandi.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026