Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf majmuasi majlislar zalida “Haj – 2019” mavsumi oldidan brifing taşkil etildi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari Nuriymon Abulhasan “Haj – 2019” mavsumi haqida ma'lumot berdi.

Bu yil hojilarimiz safar oldidan, vatanda bölib turgan paytlaridayoq özlarini ham ma'nan, ham ruhan tayyorlab, uluğ safarga munosib böliş maqsadida ijtimoiy kömakka muhtoj şaxslar, kam ta'minlangan oilalar va aholi uçun xayriya yordami sifatida öz taşabbuslari bilan 9 milliard sömdan ziyod moddiy yordam körsatişdi.

Joriy yilgi ziyoratçilarga yuqori darajada xizmat körsatişni ta'minlaş, haj ibodati bilan boğliq amallarni tartibli ado etişni yölga qöyiş maqsadida guruh rahbarlari va ziyoratçilar uçun safaroldi öquvlari taşkil etildi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi mutasaddilari bilan “Haj-2019” mavsumida har bir ziyoratçiga öz vaqtida tegişli tibbiy maslahat hamda zarur muolajalarni amalga oşiriş böyiça özaro kelişib olindi.

Joriy yildan e'tiboran Saudiya Arabistonida barça turdagi xizmatlarga 5 foizlik qöşimça qiymat soliği va mehmonxonalarga yana 2,5 foizlik soliq kiritildi. Bu, öz navbatida, xizmat körsatiş narxlarini oşişiga sabab böladi.

Lekin özbekistonlik har bir ziyoratçi uçun belgilagan xizmatlar narxi oşirilişi örniga, sezilarli darajada tuşirildi. Prezident taşabbusi bilan Haj mavsumi uçun sarf-xarajatlari smetasi böyiça har bir ziyoratçidan olinadigan mablağ 33 million 300 ming söm etib belgilandi. Ya'ni narx 5 million sömga arzonlaştirildi.

Yana bir muhim yangilik - bu yil özbekistonlik ziyoratçilar Madina şahrida birinçi marotaba “Masjid an-Nabaviy”dan 50 metr uzoqlikda joylaşgan beş yulduzli “Pulman zamzam” mehmonxonasiga joylaşişadi. Makka şahrida esa Haramdan uzoq bölmagan tört yulduzli “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida istiqomat qilişadi.

Hojilarimiz uçun 24 soat davomida zamonaviy avtobuslar bepul xizmat körsatadi. Ziyoratçilarga mavsum davomida özbekistonlik 35 nafardan iborat işçi guruhi, 140 nafar guruh rahbari, 35 nafar şifokor va 15 nafar oşpaz xizmat körsatadi.

Joriy yilning 15 iyul kuni “Haj-2019” mavsumi ziyoratçilari uçun mehmonxona, tibbiy markaz, oşxona va boşqa taşkiliy masalalarni hal etiş maqsadida 10 nafardan iborat işçi guruhi a'zolari Saudiya Arabistoniga jönab ketdi. Ular ziyoratçilar uçun barça qulay şaroitlarni tayyorlaş işlarini yakuniga yetkazdi.

2019 yilning 24 iyul – 3 avgust kunlari özbekistonlik 7 ming nafardan ziyod ziyoratçini “Özbekiston havo yöllari” MAKning Toşkent-Madina, Buxoro-Madina, Samarqand-Madina, Qarşi-Madina, Urganç-Madina, Namangan-Madina, Nukus-Madina yönalişlarida haj safariga kuzatiş taşkil etiladi.

Joriy yilning 24 iyul, ya'ni ertaga birinçi reys Saudiya Arabistoniga jönab ketadi. Özbekistonlik hojilarni joriy yilning 17 avgust - 1 sentabr kunlari “Özbekiston havo yöllari” MAK samolyotlarida Jidda-Toşkent, Jidda-Buxoro, Jidda-Samarqand, Jidda-Urganç, Jidda-Qarşi, Jidda-Nukus, Jidda-Namangan yönalişlari böyiça vatanga olib keliş rejalaştirilgan.