Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudanda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib 11 nafar yuqori lavozimdagi ofitser hibsga olindi
Sudanda iyul oyi boshidagi davlat to‘ntarishiga urinish ishini tergov qilish doirasida 11 nafar yuqori lavozimdagi ofitser, jumladan qurolli kuchlar birlashgan shtabi rahbari hibsga olindi. Bu haqda Al Hadath telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, hukumatga qarshi fitnaga aloqadorlikda ayblanib avvalgi prezident Umar al Bashir rejimiga aloqador o‘n bir nafar ofitser qo‘lga olingan. Ular orasida qurolli kuchlar birlashgan shtabi rahbari general Hoshim Abdul Muttalib, tank qo‘shinlari qo‘mondonni general-mayor Nasriddin Abdulfattoh va markaziy harbiy okrug qo‘mondoni general-mayor Baxr bor.
Telekanal manbalariga ko‘ra, harbiy kengash ularning aybdorligi borasida "ishonchli dalillar"ga ega.
11 iyulda Sudan hukumati davlat to‘ntarishiga urinishning oldi oilngani haqida xabar qilgandi. Ma'lumot berilishicha, armiya va maxsus xizmatlarning yuqori lavozimdagi ofitserlari hukumatni egallab olishga uringan. O‘shanda yuqori darajadagi 12 nafar ofitser hibsga olingandi.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
20:14 / 29.06.2026
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanayotganlarga 9 yillik qamoq jazosi so‘raldi
12:00 / 23.03.2026
Sudanda shifoxonaga hujum: o‘nlab qurbonlar
14:52 / 08.12.2025