Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh sanksiya kiritadigan bo‘lsa, Turkiya Boeing samolyotlari sotib olishni to‘xtatishi mumkin
AQSh S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olganligi uchun Turkiyaga sanksiya kiritadigan bo‘lsa, Turkiya Amerikaning Boeing samolyotlarini sotib olishdan voz kechishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ma'lum qildi.
Rossiyaning S-400 tizimlarini sotib olish Turkiya va AQSh o‘rtasida ziddiyat keltirib chiqardi. Qo‘shma Shtatlar Rossiya quroli o‘rniga AQShning Patriot majmualarini sotib olishni talab qildi va Anqaraga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotmasligini aytib tahdid qildi.
"Biz yangi avlod Boeing samolyotlarini sotib olmoqdamiz. Biz yaxshi mijozlarmiz. Agarda sanksiyalar kiritiladigan bo‘lsa, biz bu borada o‘ylab ko‘rishimizga to‘g‘ri keladi", - dedi Erdo‘g‘an Anqarada chiqish qilgan chog‘ida.
Avvalroq Erdo‘g‘an sanksiyalar orqali tahdid qilish Turkiyani tanlagan yo‘lini o‘zgartirishga majbur qila olmasligini aytgandi.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026