Sanksiyalar orqali tahdid qiliş Turkiyani tanlagan yölini özgartirişga majbur qila olmaydi, dedi mamlakat prezidenti Rajab Tayyip Erdöğan.

"Turkiyaning Şarqiy Örtayer dengizi va Suriyadagi oxirgi qadamlari turk xalqi va kiprlik turklar manfaatini himoya qiliş borasidagi irodamizning isbotidir. Heç qanday sanksiyalar tahdidi – yaşirin böladimi yoki oçiqmi – Turkiyaning haq işidan töxtatolmaydi", - dedi Erdöğan.

Uning qayd etişiça, Turkiya "xuddi yuz yil avvalgi kabi öz fuqarolariga nisbatan tahdidni yöq qiliş uçun yetarliça qudrat va qat'iyatga ega".

Yevrottifoq kengaşi 15 iyulda Turkiyaning Kipr yaqinida burğulaş işlari olib borişiga javoban Turkiya bilan yuqori darajada muloqot ötkazmay turişga qaror qilgandi.