Bugun, 1 avgust kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi mutasaddilari iştirokida respublikaga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, investorlar manfaatini himoya qilişda qilinayotgan işlar borasida brifing ötkazildi.

Anjumanda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi boşqarma boşliği Zafar Xöjayev mamlakatga kiritilayotgan investitsiya hajmi böyiça ma'lumot berdi.

«2019 yilning dastlabki olti oyida umumiy investitsiyalarning umumiy hajmi 101 trln sömni taşkil etdi. Xorijiy investitsiya uluşi 5,6 mlrd AQŞ dollariga tenglaşdi. 2,1 mlrd AQŞ dollari davlat kafolati asosidagi, qolgan 3,5 mlrd AQŞ dollari esa töğridan-töğri investitsiya hisoblanadi. Körsatkiç ötgan yilgiga nisbatan 4,3 baravarga oşdi. Ötgan yil davomida 2,8 mlrd AQŞ dollari özlaştirildi. Ayni vaqtda çet el investorlari quriliş, töqimaçilik, farmatsevtika, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş, elektrotexnika, metallurgiya sohasiga köproq sarmoya kiritişyapti. 2018 yilgaça neft-gaz yönalişi ustunlik qilgan. Hozir uning darajasi 73 foizdan 35 foizga tuşdi. Bu degani qolgan sohalarga ham investitsiya kirib kela boşlayapti», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Xöjayevning qöşimça qilişiça, respublikaga investitsiya asosan Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya va BAAdan kirib kelmoqda. Şuningdek, ta'kidlanişiça, investitsiya miqdorining YaIMdagi uluşi sezilarli oşgan. 2018 yili umumiy investitsiyaning YaIMdagi uluşi 32 foizni taşkil etgan bölsa, 2019 yil birinçi yarim yilligida 47 foizga yetdi. Bundan töğridan-töğri investitsiya uluşi 14 foizni taşkil etdi.