Fransiyalik Franki Zapataning La-Manş böğozini uçar doskada kesib ötiş uçun qilgan ikkinçi urinişi muvaffaqiyatli böldi.  

Uning havodagi parvozi 20 daqiqa davom etdi, u uçar doskada 35 kilometr masofani bosib ötdi. Zapata Sangat kommunasi yaqinida havoga kötarildi va Buyuk Britaniyadagi Sent-Margaret Bey şahri yaqinida qöndi.

Zapataning parvozini Fransiya telekanallari namoyiş etdi.

Zapata 14 iyul kuni Yelisey maydonida Bastiliyaning olinişi bayrami tantanalarida maşhur bölib ketgandi. U öşanda özining uçar doskasida Kelişuv maydoni uzra parvoz qilib barçani hayratga solgan.