Özbekistonning asosiy brendlaridan biri hisoblangan Samarqand şahri UNESCO röyxatidan çiqarilişi mumkinligi haqidagi gaplar tarqalgani mamlakat, millat taqdiriga befarq bölmaganlarni xavotirga solgani aniq. Şaharning tarixiy qismida amalga oşirilgan, amalga oşirilayotgan va töxtaydiganga ham öxşamayotgan quriliş işlari çindan Samarqand madaniy meroslar bilan boğliq eng obröli röyxatni tark etişiga sabab bölişi mumkin. Xöş, UNESCO röyxatida turiş nimani anglatadi? Bu röyxatda böliş bizga kerak emasmi?

UNESCO heç kimga buyruq bermaydi, qurilişlarni ham töxtatmaydi

Sönggi vaqtlarda Samarqandning tarixiy qismida amalga oşirilayotgan qurilişlar töxtaşiga UNESCO sabab bölayotgan ekan, bu xalqaro taşkilot qurib bölingan uylarni buzişni talab qilyapti degan gaplar tarqaldi. Bu esa xato tuşunça. UNESCO heç qaçon biror mamlakatga borib, falon binoni buzasan, pisdon binoni qurmaysan demaydi. Agar etika me'yorlariga amal qilmasa, taşkilot bu qadar obröga ega bölmasdi. UNESCO şunçaki öz röyxatiga kiritilgan mamlakatdagi tarixiy bino oldida boşqa quriliş bölsa, öşa yangi quriliş tarixiy binoga xalaqit bersa (ya'ni unga soyasi tuşsa yoki tarixiy binodan baland bölib qolsa), «Janoblar, mana bu quriliş sabab sizning şahringiz bizning röyxatdan çiqişi mumkin», deb ogohlantiradi xolos.

UNESCO biror mamlakat, şahar yoki obekt öz röyxatida turişi uçun qöpol qilib aytganda «ölib-tirilmaydi». Aksinça, mamlakatlar xalqaro madaniy meroslarni himoya qiladigan bu taşkilot röyxatidan örin oliş uçun yillar davomida harakat qilişadi, buni şaraf deb bilişadi. Masalan...

Iroq Vavilonni (Bobil) UNESCO röyxatiga kiritiş uçun 40 yil harakat qildi

Bugungi Iroq hududida joylaşgan köhna Vavilon şahri xarobalari 40 yil deganda UNESCO’ning elit röyxatiga kiritildi. Şu yil 5 iyul kuni Bokuda ötkazilgan UNESCO yiğilişida Vavilon xarobalari rasman taşkilot röyxatiga kiritildi. Vaholanki, Vavilon köhna dunyo uçun muhim şahar bölgan. Ammo şunday köhna şahar ham Iroqning uzoq yillik sa'y-harakatlaridan keyingina UNESCO röyxatiga kiritilyapti. Bizda esa odamlar bu röyxatda turiş bizga nima beradi deb yurişibdi.

Keling, öşa bir guruh odamlar orasida tarqalgan «Bu röyxatda turiş bizga nima beradi?», degan savolga javob berişga harakat qilib köramiz. Birinçidan, butun boşli şaharning UNESCO himoyasida bölişi bu öşa şaharning tarixiyligini isbotlovçi hujjat! Ertaga biror sayyoh zamonaviylik joniga tegib, tarixga sayohat qilişni istab qolsa, UNESCO röyxatiga qaraydi. Dunyo tan olgan bu taşkilot bejiz bu şaharlarni öz röyxatiga kiritmaganini esi joyida sayyoh tuşunadi.

Bundan taşqari, UNESCO röyxatida turişning moddiy manfaatdorligi ham bor. Masalan, Suriyaning vayrona bölgan şahri Alepponing (Halab) qayta tiklanişi uçun UNESCO katta pul ajratdi (rus naşrlari buni rad etganiga qaramay). Taşkilot özining juda katta qamrovli mediamakonida tasarrufidagi şaharlar, mamlakatlar va obektlarni reklama qiladi.

Qaçon obektlar UNESCO röyxatidan çiqariladi?

Tarixiy obektlar bir neçta sababga köra UNESCO röyxatidan çiqarilişi mumkin. Ulardan biri yangi binolar tarixiy obektlarga xalaqit berişidir. Bundan taşqari, mamlakatlar tarixiy obektlarga e'tibor berişmasa, UNESCO öşa mamlakat rasmiylari bilan uçraşadi va şunda ham yetarli çora körilmasa, obektlar röyxatdan çiqariladi. UNESCO’da öziga xos «qizil röyxat» bor. Bu röyxatga xarob va ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan tarixiy joylar kiritiladi. Agar bu röyxatdagi binolarni ta'mirlaş çorasi körilmasa, ular röyxatdan çiqariladi.

UNESCO röyxatidan çiqariliş holati köp kuzatilmagan, çunki bu jiddiy jarayon. Birinçidan, taşkilot binolarni öz röyxatiga olişi murakkab jarayon va unga oson çiqarib yuboriladigan binolar kiritilmaydi. Ikkinçidan, UNESCO öz röyxatidan binolar va şaharlar kamayişini xohlamaydi, çunki bu taşkilotning maqsadi jahondagi madaniy meroslarni himoya qiliş, ularni röyxatdan öçiriş bilan qörqitiş emas.

Kreml ham röyxatdan çiqişi mumkin bölgan...

UNESCO’ning elit röyxatidan çiqiş xavfi Rossiyaning «yuragi» Kremlni ham çetlab ötmagandi. 2016 yilda oçilgan knyaz Vladimirning Moskvada örnatilgan haykali sabab Kreml UNESCO tasarrufidan çiqişi mumkin bölgan obektlar qatoriga kirib qoladi. Haykalning balandligi dastlabki loyihaga köra 24 metr edi, ammo UNESCO bunday balandlikdagi haykalning soyasi Kremlga tuşişi bois uni pasaytirişni tavsiya qildi. Rossiya hukumati esa UNESCO sörovini töğri qabul qilib, haykalning balandligini 17,5 metrga tuşiradi. Şundan 16 metri yodgorlik, 1,5 metr poydevorni taşkil qiladi. UNESCO tarixiy binolar atrofida undan baland inşoot bölişini oqlamaydi, çunki bunday bino yoki yodgorliklarning köpligi qadimiy binoni tösib qöyişi mumkin. Bu esa uning qadrini pasaytiradi.

Röyxatingizdan çiqaravering, bizga köprik kerak

2009 yilda Germaniyaning Elba daryosi böyida joylaşgan Drezden vodiysi UNESCO röyxatidan çiqariladi. Ammo bunga mahalliy aholi qarşilik qilmaydi. Elba daryosi ustida köprik qurilgani sabab vodiy taşkilotning obröli röyxatidan çiqariladi, çunki köprik vodiyning tarixiy landşafti özgarişiga sabab böladi. Drezden rahbariyati bu qarorni özi qabul qilmaydi. Xalq orasida köprik qurilişi borasida referendum ötkaziladi va köpçilik uning qurilişini qöllaydi, çunki bu quriliş aholining uzoğini yaqin qilardi. Şu tariqa UNESCO Drezden vodiysini öz röyxatidan çiqaradi, ammo bundan Germaniya xafa bölgani yöq, çunki köprik qurilişi xalqning tanlovi edi.

Xuddi şunga öxşaş muammo Reyn daryosi böyida ham kuzatilgandi. Germaniya hukumati daryo böyidagi Lorelei qal'asi oldida köprik qurişni rejalaştiradi. Ammo tarixiy landşaftga xalaqit beradi degan xulosaga kelgan UNESCO qurilişni oqlamaydi va loyiha bekor qilinadi. Köprik örniga ipli yöl quriş taklifi esa taşkilot tomonidan ijobiy qabul qilinadi.

UNESCO röyxatidagi eng çuqur meros

Dunyoning eng çuqur köli Baykal UNESCO röyxatining tabiat durdonalari bölimidan örin olgan. Baykalning atrofidagi qurilişlar taşkilotni doim xavotirga solib kelgan. Ayniqsa köl yaqinida faoliyat boşlagan qoğoz işlab çiqariş korxonasi Baykalga zarar yetkaza boşlaydi. Şu bois, 2013 yilda öz çiqindilarini kölga oqizadigan bu korxona yopiladi.

Bitta ibodatxonaga ikkita mamlakatdan eşik

Tailand va Kamboja çegarasida joylaşgan Şiva ibodatxonasi «meniki-meniki» bölib uzoq yillar ikki mamlakatning tortişuviga sabab böladi. Ikki mamlakat ham uni öziniki deb hisoblaydi. Vaziyat şunçalikka boradiki, 2008 yilda davlatlar örtasida qurolli töqnaşuv sodir böladi va afsonalarda tört qölli deb tasvirlanadigan Şivaga atab qurilgan ibodatxonaga zarar yetadi. Oqibatda UNESCO öz röyxatidagi ibodatxonani xavf ostida qolayotgan obektlar röyxatiga kiritadi va mojaroni hal qilişni tavsiya qiladi. Muammoga öziga xos yeçim topiladi. Tomonlar kelişgan holda ibodatxonaga har ikki mamlakatdan ham eşik qöyişadi. Natijada Şiva ibodatxonasi «doimiy röyxat»ga qaytariladi.

UNESCO röyxatidan çiqarilgan birinçi obekt

Jahon tarixiy merosini himoya qiluvçi UNESCO röyxatini birinçi bölib 2007 yilda Ummondagi qöriqxona tark etadi. Bu qöriqxonada antilopalar brokonerlar tomonidan köp marta ovlangani aniqlangaç, UNESCO uni öz röyxatidan çiqaradi. Bu elit röyxatni tark etgan ilk obekt bölib tarixda qoladi.

AQŞ va Isroil UNESCO’dan çiqib ketgan

2019 yilda AQŞ va Isroil UNESCO’ni tark etişga qaror qilgan. Har ikki mamlakat öz xohişiga köra röyxatni tark etadi. Isroilning BMTdagi doimiy vakili mamlakatning bu qarorini şunday izohlaydi: «UNESCO tarixni doimiy özgartirib kelayotgan taşkilot. Ular Isroilning Quddus bilan boğliqligi borasidagi ma'lumotlarni öçirib borişadi. Bu taşkilotni yahudiylarni öziga duşman deb biladiganlar boşqaradi». AQŞ ham Isroil-Falastin ziddiyatidagi fikrlar qarama-qarşiligi sabab UNESCO’dan çiqib ketadi. Isroil qilgan işni AQŞ ham takrorlagani aslida ajablanarli narsa emas.

Mamlakatning obrösi har narsadan muhim

Özbekiston şaharlarining UNESCO röyxatidan çiqişi mumkinligi haqidagi xabarlar qurilişlar bilan boğliq. Odamlar orasida yuqorida aytganimiz kabi UNESCO qurilgan uylarni buzarmiş degan gap köpaygan, ammo yana takrorlaymiz, bu taşkilot heç bir mamlakatga buyruq bermaydi, aksinça davlatlar öz obektlari UNESCO röyxatiga kirişi uçun harakat qilişadi, buni obro‘ deb bilişadi.

Samarqand bu boradagi eng katta yöqotiş bölişi mumkin va keling, mana şu şahar misolida fikr yuritsak. UNESCO Samarqandning tarixiy qismida amalga oşirilayotgan qurilişlar taşkilotni xavotirga solayotganini ma'lum qildi. Bunga javoban tarixiy qismda qurilgan belgilanganidan baland binolar buzilişi aytildi, lekin Samarqandda buziladi degan köp qavatli uylarning birortasi buzilganini körmadik. Oşib borsa, buzişni boşlagandek bölib töxtatib qöyişdi. Hamma gaplar faqat gapligiça qolmoqda. Balki şahar rahbariyatiga UNESCO röyxatida turiş-turmasligining sariq çaqalik ahamiyati yöqdir, ammo bu mamlakatning obrösi uçun juda muhim.

Mamlakat 4-5ta oilani uyli qilaman deb butun boşli tarixiylik nomidan rasman mahrum bölişi kerak emas. Birinçidan, tarixiy qismdagi yangi qurilayotgan uylarning narxi öta qimmatligini inobatga olsak, ularni çindan uyga ehtiyoji borlar sotib olişi amri mahol. Ikkinçidan, Samarqand kiçkina şahar emas va şahar taşqarisida xohlagança uy quriş mumkin. Bundan taşqari, şaharni tört tomonga kengaytiriş mumkin va bu kerak bölsa yana bir şahar quriş imkonini beradi.

Biz avvalo öz tariximizni hurmat qilişimiz, uni qadrlaşimiz kerak. Şaharning tarixiy qismi aniq ajratib körsatilişi va u yerlar imkon boriça özgaça körinişga keltirilişi kerakki, keyinçalik bu hududlarda quriliş qiliş heç kimning xayoliga ham kelmasin (albatta, agar biz UNESCO röyxatida qolişni istasak). Ya'ni falon yerdan falon yergaça şaharning tarixiy qismi hisoblanadi deb jamoatçilikka e'lon qilinişi köp muammoning oldini oladi.

Yuqorida bir neçta misollar bilan UNESCO röyxatiga mamlakatlar qanday jiddiy qaraşlarini körsatişga urindik. Işoning, mamlakat uçun eng asosiysi xalqaro maydondagi obro‘. Atrofingizga qarang, dunyoning yuzlab mamlakatlaridan odamlar kelib tarixiy şaharlarimizni tomoşa qilmoqda. Ular öşa pulga Dubayga, Turkiyaga yoki Misrga borib dam olişi ham mumkin, ammo nega şunça odam Özbekistonga safar qiliş juda qimmat bölsa-da, bizning şaharlarga kelmoqda?

Sayyohlar bizdagi 5 dollarlik ham şaroiti yöq, ammo 50 dollarlik mehmonxonalarimizda yotiş yoki bizdagi tuşunarsiz qurilişlarni tomoşa qiliş uçun kelişmaydi, bizda ularni öziga tortadigan köngiloçar joylar, sohillar-u dengizlar ham yöq. Bizda maqtanadigan faqat tariximiz bor va bu tarixni boriça saqlab qolişga intilişimiz kerak. Mayli, biz turizmdan milliardlab dollarlar işlamaylik, mayli biz heç qaçon turizm mamlakatiga aylanmaylik, ammo öz kelajagimiz uçun tariximizni saqlab qolaylik. Bizdan pala-partiş qurilgan uylar, tuşunarsiz qurilişlar emas, öz holiça saqlangan tarix, haşamatli bölmasa-da, tarixni eslatadigan, haqiqiy şarqning nafasi ufurib turgan şaharlar qolsin...

Ötkir Jalolxonov