Toşkent davlat yuridik universiteti korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar töğrisida jamoatçilikka ma'lumot berişga qaror qildi. Bu haqda TDYuUning Facebook’dagi sahifasida post e'lon qilindi.

«Jamiyatning ma'lum bir soha böyiça korrupsiya haqidagi fikri uşbu illatga qarşi jiddiy va tizimli çoralar köriş uçun kuçli signal sanaladi. Bunday baholaşni amalga oşirişda jamoatçilik, avvalo yangiliklar, miş-mişlar va boşqa xabarlar asosida yillar davomida töplangan ma'lumotlarga tayangan holda, imij sifatida şakllanib kelgan, korrupsiya darajasini anglaşidan kelib çiqadi.

Afsuski, tom ma'noda yuridik universitet köp yillar davomida noqonuniy sxemalar va turli yöllar orqali hal qilinadigan korrupsiyalaşgan muassasa sifatida qabul qilinadi. Şubhasiz, yuridik universitetning bu jamoatçilik tuşunçasini özgartiriş va imijni yangilaş uçun köp vaqt va haqiqiy kuç talab etiladi. 

Bunday imij heç kimga kerak emas va korrupsiyaga qarşi kuraş universitet rivojlanişining hozirgi bosqiçidagi eng muhim vazifasidir», - deyiladi postda.

Qayd etilişiça, universitet taşkil qilingan 2013 yil iyun oyining ilk kunidan boşlab, to bugungi kunigaça korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş böyiça köplab tadbirlar amalga oşirildi. Bularning barçasi sobiq institutning hamma xodimlarini, şu jumladan professor-öqituvçi tarkibini attestatsiya qilinişidan boşlandi. Natijada, professor-öqituvçi tarkibining uçdan bir qismi işdan böşatildi va öz lavozimini saqlab qolganlarning aksariyati, qat'iy profilaktika işlarini amalga oşiriş nuqtai nazaridan şartli ravişda olib qolindi.

Öz navbatida, universitet, asosan xorijda tahsil olgan istiqbolli yoş kadrlar bilan töldirildi.

TDYuU tölaqonli ravişda şuni bilardiki, xodimlarning tozaligi bilan bir qatorda, korrupsiya namoyon bölişiga olib keladigan omillarni bartaraf qiliş yoki minimal darajada kamaytiriş juda muhim masalalardan biri edi. Şu munosabat bilan universitet ta'lim sifatini oşiriş va korrupsiyaning oldini oliş böyiça diqqatga sazovor çoralar amalga oşirildi.

Şu kunga qadar, TDYuU faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan 55 normativ-huquqiy aktlar, şu jumladan 5 ta Davlat rahbarining, 19 ta Hukumatning hujjatlari qabul qilindi. Bularning barçasi universitetda mutlaqo yangi muhitni yaratiş va örnaşib qolgan ta'lim standartlarini özgartirişga yönaltirildi. Bu, albatta, mavjud “eskilik sarqitidagi” vaziyatga könikib qolganlarni “ğazablantirdi”.