Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Onlayn-kazino reklamasida Qozog‘iston prezidentining fotosuratlaridan noqonuniy foydalanishdi
Foto : RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning fotosuratlaridan onlayn-kazino reklamasida noqonuniy ravishda foydalanilgan. Bu haqda mamlakat prezidentining matbuot kotibi Berik Kurmangali ma'lum qildi.
"Menga ijtimoiy tarmoqlarda prezident Qosim-Jomart Toqayev suratidan foydalanilgan onlayn-kazino reklamasi paydo bo‘lganligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalaridan murojaatlar kelib tushmoqda. Davlat rahbarining bu reklamaga hech qanday aloqasi yo‘q, uning fotosuratlaridan noqonuniy ravishda foydalanishganligini rasman bildiraman", - deb yozdi Kurmangali o‘zining Facebook sahifasida.
U buning "nohalol soxta reklama" ekanligini ta'kidladi.
"Barcha ijtimoiy tarmoqlarni tijorat materiallarini joylashda mas'uliyatli bo‘lishga va o‘zgalarning fotosuratlaridan noqonuniy foydalanmaslikka chaqiraman", - deya qayd etdi Kurmangali.
Mavzuga oid
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
22:42 / 18.01.2026
ChatGPT’da reklama paydo bo‘ladi
09:38 / 06.01.2026
“Shakar solig‘i”dan keyingi qadam: Britaniya bolalarni himoya qilish choralarini kuchaytirdi
16:16 / 05.01.2026