To‘ra Bobolov bayramda Termiz bozorlaridagi narx-navolar va ko‘rsatilayotgan xizmatni o‘rgandi - fotolar
Mamlakatimiz bo‘ylab eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi keng nishonlanayotgan ushbu kunda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Termizdagi bozorlarni aylandi.
Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Bobolov dastlab Termiz buyum bozorida tashkil qilingan maktab yarmarkasi faoliyati bilan tanishgan. Tadbirkorlar tomonidan 26 turda tavsiya qilinayotgan o‘quv qurollari, maktab uchun zarur boshqa anjomlar, kiyim-kechaklar narxi bilan qiziqqan.
Hozirda viloyatda maktab yarmarkalarining 94tasi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida, 22 tasi aholi gavjum bozorlar hududi va atroflarida, 40tasi savdo majmualari va do‘konlarda tashkil etilgan. 10 avgustda boshlangan maktab yarmarkalari 10 sentyabrgacha davom etadi.
Yarmarkalardan ko‘zlangan asosiy maqsad bitta: aholiga qulaylik yaratish, barcha mutasaddilar, tashkilotlar va ishlab chiqaruvchilar birlashib, sifatli o‘quv qurollarini, maktab formalarini aholiga arzon narxlarda yetkazib berishini ta'minlash.
Viloyat hokimi bozorlarni aylanish asnosida xaridorlar bilan gavjum maktab yarmarkasida aholi uchun yaratilgan qulayliklar, mahsulotlarning narxi va sifati, to‘liqligi va zaxirasini o‘rgangan. O‘quv qurollari va kiyimlarning to‘liq bo‘lishi, narxlarning oshib ketmasligi, sotuvchilarning o‘z ishiga vijdonan yondashishi bo‘yicha tavsiyalar bergan.
Viloyat hokimi Termiz buyum hamda dehqon bozorlarini ham ko‘zdan kechirar ekan, turli xildagi kiyim-kechaklar va oziq-ovqatlar assortimentlari hamda narxlari, bozorlar hududida tartib va tozalikka qay darajada rioya etilishini kuzatgan. Sotuvchilar va xaridorlar bilan suhbatlashgan.
— Yurtimizda ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilayotgan bir paytda bozorlarimizdagi ahvol ham shunga yarasha bo‘lishi kerak. Muomalangizdan, ko‘rsatayotgan xizmatingizdan, tavsiya etayotgan mahsulotingiz sifati va narx-navosidan odamlarning ko‘ngli to‘lib qaytsin. Shunda ishingizda unum, bozoringizda baraka bo‘ladi, — dedi T.Bobolov sotuvchilarga.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024