Bugun, 9 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “Özbekipaksanoat” uyuşmasi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.
Unda mutasaddilar Özbekiston Prezidentining “Respublikada ipakçilik tarmoğini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosi va mohiyati yuzasidan ma'lumot berib, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarişgan.

Tadbir davomida tut ipak qurti boqiş jarayoni qaçon aholi xonadonlaridan olib çiqib ketilişi va maxsus qurtxonalarga ötkazilişi borasida savol bilan murojaat qilindi.
« Albatta, siz aytganingizdek, maxsus qurtxonalar kerak. Sababi, maxsus qurtxonalar qançalik köpaysa, pilla hajmi ham şunça köpayadi (ipak qurti aholi xonadonlarida boqilganda turli omillar hisobiga köproq yöqotiladi, tah.). Ammo bunday maxsus qurtxonalar tut plantatsiyalarining yonida quriladi va ular 5-10 qutiga möljallangan böladi.
Lekin bu degani xonadonlarda ipak qurti boqiş majburiy amalga oşirilayapti, degan ma'noni bermaydi. Aholi moddiy mafaatdorlik tufayli ham qurt boqadi.
Buning örniga aholi xonadonlarida ham tejamkor texnologiyalarni köproq joriy qilişni foydaliroq deb hisoblaymiz. Masalan, avvallari juda katta hajmdagi maydonda kam miqdordagi pilla qurti boqilardi. Hozir, ipak qurti boqişda zamonaviy texnologiyalari mavjud, ular yordamida kiçik maydonlarda ham köp miqdorda ipak qurti boqiş mumkin.

Töğrisini aytiş kerak, ipak qurti boqiş jarayonini yuz foizga aholi xonadonlaridan olib çiqib ketişni iloji yöq», -deya Ipakçilik ilmiy tadqiqot instituti direktori örinbosari Sayfiddin Valiyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
















