AQŞ prezidenti Donald Tramp 23 may, juma kuni AQŞda atom energiyasidan foydalanişni sezilarli darajada kengaytirişga qaratilgan törtta farmonni imzoladi. Ulardan biri Yadroviy tartibga soliş komissiyasining radiatsiya ta’siri maqbul darajalariga haddan taşqari ehtiyotkorlik bilan munosabatda böliş-bölmasligini baholaşni talab qiladi. Trampning farmonlari, şuningdek, komissiyadan 18 oy içida yadroviy reaktor qurilişini tasdiqlaşni talab qilişi kutilmoqda, bu esa odatda yillar davom etadigan jarayonni tezlaştiradi, deb yozadi The Hill.

Tramp tomonidan imzolangan yana bir hujjat energetika va mudofaa departamentlariga federal yerlarda yadroviy reaktorlar quriş imkonini beradi, bu esa yadro energiyasidan mudofaa ehtiyojlari va sun’iy intellekt (SI) operatsiyalari uçun foydalaniş imkonini beradi, deya qayd etadi The Hill. Tramp bu sohada Xitoy va Rossiyaga qaramlikdan qutiliş uçun AQŞda uran qazib oliş va boyitişni ham kengaytiriş niyatida.

Reuters ta’kidlaganidek, Tramp ma’muriyati sun’iy intellektning rivojlanişi tufayli ön yilliklar içida birinçi marta elektr energiyasiga bölgan talabning ösişiga duç kelmoqda. Reuters eslatişiça, Tramp prezidentlikka kelgan birinçi kunidayoq milliy energetika böyiça favqulodda holat e’lon qilgan.

AQŞ energetika vaziri Kris Raytning aytişiça, sun’iy intellekt uçun zarur bölgan yangi energiya manbalari va ma’lumotlar markazlarini işlab çiqiş «Manhetten loyihasi-2»(Ikkinçi jahon uruşi davrida AQŞning yadroviy qurol yaratiş böyiça keng kölamli dasturi)ga aylanadi.