Toşkent davlat yuridik universitetining ikki nafar professor-öqituvçisi hamda Inson huquqlari böyiça «Ezgulik» jamiyati rahbari Abdurahmon Taşanovga oid sud işida qaror çiqarildi. Huquq himoyaçisi buni Kun.uz’ga tasdiqladi.

Ma’lum bölişiça, keça, 23 may kuni FIB Mirobod tumanlararo sudi mazkur iş böyiça Toşkent davlat yuridik universiteti öqituvçilari foydasiga Abdurahmon Taşanovdan 50 mln söm ma’naviy zarar undiriş haqida qaror çiqargan. Şuningdek, sud qarori bilan inson huquqlari faoliga Facebookʼda e’lon qilgan «Sizga açinaman, janoblar!» sarlavhali posti uçun uzr sörab, raddiya beriş majburiyati ham yuklangan. Iş sudya Behzod Sagatov raisligida yopiq tarzda körib çiqilgan.

Toşkent davlat yuridik universiteti öqituvçilari Razzoq Altiyev va Otabek Narziyev 2025 yil 28 fevral kuni huquq faoli Abdurahmon Taşanovni Facebookʼda e’lon qilingan post sababli sudga bergandi. Bunga Abdurahmon Taşanovning «Sizga açinaman, janoblar!» nomli posti (öşa vaqtda universitet öqituvçilarining öziga va faoliyatiga qarşi yozayotgan seriyali maqolalariga javoban) sabab bölgan. Öqituvçilar uşbu post tufayli qadr-qimmati va işçanlik obröyiga putur yetganini da’vo qilgan.

Razzoq Altiyev va Otabek Narziyev javobgar Abdurahmon Taşanovdan posti böyiça raddiya e’lon qiliş, uzr söraş va uni öçirib taşlaş hamda ma’naviy zarar uçun 200 mln söm undirişni talab qilişgandi.