Qisqagina 25 kunlik umri davomida 4 xil körinişga ega böladigan jonivor bor – avval tuxum, keyin qurt, ğumbak va kapalak. Bu – umrida faqat tut bargi yeb, betakror ipak töqiydigan ipak qurti.
Özbekiston ipak qurti yetiştiriş böyiça dunyo yetakçilaridan biridir. Mamlakatimiz bu borada Hindiston va Xitoydan keyingi uçinçi örinda turadi.

Ipak qurti yetiştiriş – juda maşaqqatli iş. Kun.uz ipak qurti boqadigan qişloqlarda, bir neçta xonadonlarda bölib, pilla yetiştiriş jarayoni va uning ortidagi mehnatkaşlarning oddiy hayotini körsatişga qaror qildi. Birinçi manzilimiz – Buxoro.
“Biz borayotgan joy – Ziyorat qişloği. Mahalliy aholining daromadi asosan pilladan. Yiliga 4 mavsum pilla boqiladi. Birinçi mavsumda aprel oyida xonadonlarga qurt tarqatiladi, may oyida yetiştiriladi. Ikkinçi mavsum avgust va sentabrga töğri keladi”, – deydi Şuhrat Qoryoğdiyev.
Uylarga ipak qurti qutilarda tarqatiladi. Har bir qurtga e’tibor berib boqiş kerak. Xonadonlar öz uylarida qurtning ovqati – tut daraxtlarni yetiştiradi. Ipak qurti faqatgina tut bargi bilan oziqlanadi.
“Ertalab soat 6larda [tut çopişni] boşlaymiz. Keçqurun yana beramiz, kuniga 3-4 xörak beramiz. Bargni maydalab beramiz. Bu – ularning yemişi. Ertalab soat 7da barg taşlaymiz, 12-13larda yana taşlaymiz, namozşom soat 19larda, 23larda yana taşlaymiz”, – deydi Saidqul Şonazarov.

Pilla boqadigan odamlar, ayniqsa, ayollarning qöllari qadoq bölib ketadi. Ular kuni bilan barg teriş, çopiş va navbatdagi oziqlantirişga zaxira barglarni tayyorlaş bilan maşğul böladi.
“45 yildan beri boqaman desam ham böladi. Onamnikida ham boqib kelganman. Kelsam, qaynonam ham boqarkanlar. Şundan keyin davom etib ketdi. Qiyinçiliklarni kördingiz, biroz sovuq böldi. Yoşligida peçka yoqiş kerak, köproq e’tibor beriş kerak. E’tibor bermasangiz, katta-kiçik böladi, yarmisi qurib qoladi. Yilda bitta qutidan 120-130 kilogramm pilla beraman. Issiqligiga, barg berişga e’tibor beriş kerak”,






















