Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanidagi «Rakat» jome masjidining eski binosi Örta Osiyo va Qozoğiston musulmonlari diniy boşqarmasi raisi, muftiy Ziyovuddin ibn Eşon Boboxon boşçiligida barpo etilgandi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Öşa davrlarda «Rakat» mahallasida yaşovçi Mirjalil ota öziga tegişli bölgan boğdan 8 sotix yer ajratib, bu joyni masjid quriş uçun bergan. Şundan söng 1954 yil masjid tiklangan va öz faoliyatini şu kunga qadar davom ettirib kelmoqda.

Ötgan davr mobaynida uşbu masjid binosi eskirib, poydevorlari yaroqsiz holga kelib qolgan edi. Qolaversa, oxirgi paytlarda masjid jamoati sezilarli darajada ortib, xonaqoh torlik qilayotgan edi. Şu sababli mahalla ahli ezgu niyat bilan masjidni qayta quriş taklifini ilgari surdi. Uşbu xayrli taşabbus Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan qöllab-quvvatlangaç qayta quriş işlari boşlab yuborildi.

Şu yil 14 sentabr kuni «Rakat» jome masjidining yangi binosiga birinçi ğişt qöyiş tadbiri bölib ötdi. Marosimga yiğilgan ulamolar va möysafidlar masjid köp yillar xizmat qilişini niyat qilib, birinçi ğiştni qöyib berdi.