BAAlik ilk fazogir, bir hafta avval Xalqaro koinot stansiyasiga taşrif buyurgan Hazza al-Mansuriy stansiyada an'anaviy arab kiyimida namoyon böldi.

Bundan Rossiyaning “Roskosmos” koinot agentligi tvitterda joylaştirgan suratlardan ma'lum böldi.

Suratda XKSning amaldagi ekipajining töliq tarkibini, jumladan oq libosdagi Al-Mansuriyni köriş mumkin.  

25 sentyabrda fazoga parvoz qilgan BAAlik fazogir 3 oktyabrda rossiyalik fazogir Aleksey Ovçinin va NASA astronavti Nik Xeyg bilan birga Yerga qaytadi.