2019 yil 9 oktabr kuni Ohangaronda «Agro Sammix» MÇJ zavodining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Zavod premiks – qişloq xöjaligining barça hayvonlari (parranda, çorva, ot va baliqlar) uçun kombikorm (omuxta yem)ga qöşiladigan vitamin-mineralli qöşimça işlab çiqariş böyiça Örta Osiyodagi eng katta korxonaga aylandi.  

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyev 2017 yil aprel oyida Samarqand viloyatiga taşrifi çoğida «AFROSIYOB PARRANDA» MÇJ boyitilgan yem-ozuqa va qöşimçalar uçun premikslar işlab çiqarişni kengaytiriş borasida topşiriqlar bergan edi. Prezident topşiriğini amalga oşiriş hamda ösib borayotgan talabni qondiriş maqsadida işlab çiqariş quvvati maksimal darajadagi – soatiga 5 tonna premiks işlab çiqaruvçi yangi «Agro Sammix» zavodi qurib bitkazildi. Agar uskunadan tölaqonli foydalanilsa, u 15 kun muddatda ozuqaga 0,1% nisbatida qöşiladigan normada Özbekistonning vitamin-mineral qöşimçalarga bölgan bir oylik talabini qondiriş salohiyatiga ega.

Bozorda sifatli premikslarning mavjudligi – çorvaçilik, parrandaçilik va baliqçilik rivojida muhim omil hisoblanadi. Hozirda Özbekistonda buzoqning sutkalik örtaça vazn yiğişi standart böyiça belgilangan 900 gramm emas, balki 300 grammni taşkil etadi. Boyitilmagan ozuqa iste'mol qilganda qişloq xöjaligi hayvonlari vitaminlar, mikro- va makroelementlar, mikrobga qarşi preparatlar va antioksidantlarni töliq hajmda qabul qilmaydi. Premikslar zarur moddalar mötadilligini ta'minlaydi, immun tizimini yaxşilaydi, hazm qilişni tezlaştiradi hamda organizmdan ozuqa va suv bilan birga kirgan hazm qiliş funksiyasiga zararli ta'sir etadigan moddalarni çiqarişda iştirok etadi.

Işlab çiqariş jarayonining yuqori avtomatlaştirilgani «Agro Sammix» zavodida inson mehnatini kamaytirişga imkon beradi. Xomaşyo yot jinslardan tozalaşning 3 ta bosqiçidan ötadi, sifat nazorati uçun esa har bir partiyadan namuna olib tekşiriladi.

Zavod oçilişida «Agro Sammix»ning Germaniya, Fransiya, Yaponiya va Niderlandiyadan hamkorlar iştirok etdi.

«Biz avvaldan «Agro Sammix» mahsulotlari xalqaro standartlarga mutanosib bölişiga harakat qildik. Hamkorlarimizdan har biri – öz sohasining ilğor yetakçilari. Zavodni öz sohasida 1909 yildan buyon faoliyat yuritayotgan Ottevanger Milling Engineers Niderlandiya kompaniyasi loyihalaştirdi. Biz işlab çiqaradigan premikslar Özbekistonda qöllanmaydigan, lekin Yevropada majburiy bölgan FAMI-QS sifat sertifikatini qölga kiritdi. Uşbu sertifikat mahsulotning iste'mol xavfsizligiga hamda korxonaning sifat menejmentiga bölgan yuqori talablari bilan ajralib turadi. Yetkazib beriş hajmi böyiça yetakçi davlat Xitoy hisoblansa-da, «Agro Sammix» xomaşyoni Yevropadan import qiladi. Çunki biz jonivorlar hayoti, soğligi uçun mas'uliyatni his qilamiz va şuning uçun maksimal sifat kafolatini beruvçi Yevropa işlab çiqaruvçilarini tanladik», - deydi «Agro Sammix» MÇJ boş direktori Şohrux Fuzaylov.

«Agro Sammix» MÇJ premiksning barça turlarini işlab çiqariş salohiyatiga ega. Retseptura esa hayvon nasliga qarab HYBRIMIN FUTTER 5 professional dasturi orqali tanlab olinadi. Oziqlantiriş ratsionini tuzişda nafaqat zarur vitamin hamda minerallarning mavjudligi, balki ularning töğri mutanosibligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ozuqa qöşimçalarida moddalar balansining buzilişi samaradorlikning tuşişi, ösişning sustlaşuvi hamda umumiy soğlikning yomonlaşuviga sabab bölişi mumkin.

Zavod oçilişi paytida «Agro Sammix» MÇJ hamda Germaniyaning Kaesler Nutrition GmbH kompaniyalari örtasida hamkorlik rejalari xususida kelişuv imzolandi.

Kaesler Nutrition kompaniyasi bilan biz 2013 yildan buyon hamkorlik qilamiz. Öşanda biz  «AFROSIYOB PARRANDA» MÇJ nomi bilan premikslar işlab çiqarganmiz. Yangi zavodda köplab jarayonlar nemis standartlari asosida yölga qöyilgan. Kaesler Nutrition mutaxassislari bizning xodimlarimizga HYBRIMIN FUTTER 5 dasturiga optimal oziqlantiriş retsepturasini tanlaş böyiça mahorat darslari ötdilar va hamon konsultativ yordam körsatib kelmoqdalar. Bundan taşqari, premiksning import tarkibi sifatini tasdiqlaş uçun avval Kaesler nemis laboratoriyasiga keltiriladi, undan keyingina Özbekistonga yuboriladi. Şu yöl bilan xomaşyo Yevropa standartlariga mutanosibligiga işonç hosil qilamiz», - deydi «Agro Sammix» MÇJ general direktori Şohrux Fuzaylov.

Angren erkin iqtisodiy zonasida joylaşganligi hamda materiallarning qisman mahalliylaşuvi evaziga «Agro Sammix» MÇJ premikslari özining import analoglariga nisbatan arzonroq böladi. Şuningdek, zavod ozuqaviy qöşimçalar bilan nafaqat içki bozor, balki qöşni davlatlar bozorlarini ham ta'minlaşni rejalaştirgan. Agro Sammix işlab çiqariş liniyasi işga tuşgan birinçi kundayoq Tojikistonga 5 tonna mahsulot eksport qilindi.

Reklama huquqi asosida