Kun.uz soğlom hayot loyihasi orqali bugungi kunda köp uçrayotgan va oldini oliş dolzarb bölgan kasalliklar haqida ma'lumot berişda davom etadi.
Kuzda ba'zi kasalliklar qözğalişidan xabardormiz. Havo-tomçi yöli bilan ötadigan yuqumli kasalliklardan taşqari, böğim xastaliklari ham ayni şu davrda boş kötaradi. Ular sirasiga bod, ya'ni, revmatizm, artrit, osteoartroz, böğimlarning yemirilişiga olib keladigan yuqumli va tuğma kasalliklar kiradi. Böğim kasalliklari 150 dan ortiq kasallikni öziga qamrab olar ekan. Bugun sizga böğim kasalliklarini aniqlaş, davolaş taşxislaş va oldini oliş bilan boğliq foydali ma'lumotlar berişni maqsad qilganmiz. Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi boş ilmiy xodimi Akbar Abdullayev bizga bu kasallik haqida sözlab berdi.
“Revmatik kasalliklarni içiga böğim kasalliklari ham kiradi. Böğim kasalliklari 150 ta kasallikni öziga qamrab olgan. Odamlarni jarohatga va nogironlikka sabab böluvçi kasalliklar juda köpçilikni taşkil qiladi. Bular hammaga taniş revmatizm, artrit, osteoartrit, tizimli kasalliklar hisoblanadi. Bu kasallikar içida eng köp tarqalgani esa osteoartrit (osteoartroz)dir. Kasallik umumiy aholining deyarli 4 foizida uçraydi. Oldinlari bu kasallik yoşi kattalarda, ya'ni 60-70 yoşlilarda uçraydi, degan fikr bölardi. Bugungi kunda bu kasallik yoşarib, yoşlarda ham uçrayapti. Buning sabablari juda köp, lekin aniq bir sababi haligaça aniqlanmagan.

Kasallik kelib çiqişiga modda almaşinuvining özgarişi, köp yoki kamharakatlilik, taşqi muhit, nasliy moyillik kabi bir qator sabablarni aytib ötişimiz mumkin.
Bu kasallik mayda va yirik böğimlarni ham şikastlaydi. Kasallikning oldi olinmasa, borib-borib bemorning ahvoli oğirlaşişiga va hayot tarzining buzilişiga olib keladi.
Kasallikning belgilari nimalarda namoyon böladi?
Kasallik belgilarini faqat şifokorlar emas, balki boşqa soha vakillari ham bilişi mumkin. Böğimlarda oğriqning paydo bölişi. Oğriq köpinça kunning ikkinçi yarmidagi jismoniy zöriqişlardan keyin paydo bölişi mumkin. Oğriq harakatlarga boğliq. Tinç holatda esa oğriq keçasi bölişi mumkin.
Eng köp kuzatiladigan holat tizza böğimlarda oğriqning paydo bölişi. Qaysi böğim köp işlasa, öşa böğimlarda oğriq kuzatiladi. Masalan, futbolçilarda tizza, tennisçilarda tirsak, quruvçilarda ham yelka ham tirsak va mayda böğimlar şikastlanişi mumkin.
Agar biz böğimni örganib çiqadigan bölsak, soğlom böğin harakat qilganida heç qanday oğriqlar sezmaydi. Böğimlarda harakat erkin böladi.
Har xil sabablarga köra toğayda özgarişlar boşlanadi. Toğayning silliqligi yöqoladi. Şuning natijasida oğriqlar kelib çiqadi. Borib-borib toğaylar yemirilişi mumkin. Bu yemiriliş keyinçalik suyakka ötadi. Natijada bemor yurişi va harakat qilişi qiyinlaşadi.
Oldini oliş yöllari
Osteoartrit (osteoartroz)ni oldini oliş uçun albatta, birinçi navbatda şifokor körigidan ötib turiş kerak. Umumiy qon tahlili, rentgen, MRT, kompyuter tomografiya usullarida tekşiruvdan ötiş kasallikni vaqtida taşxislaş imkonini beradi.
Kasallikni 4 bosqiçga böliş mumkin. 4-bosqiçda dori vositalari deyarli foyda bermaydi. Bu bosqiçni jarrohlik usuli bilan davolaş kerak böladi.
Şifokor tavsiyasi. Böğim kasalliklariga qanday dori vositalarini qöllaş mumkin?
Kasallikni rivojlanişini oldini oliş uçun kerakli dorilarni işlatiş muhim. Azaldan bemorlarni fitoterapiya yoki ösimliklar bilan davolaş usuli keng qöllanilib kelingan. Bu usulga qariyb 7 ming yil bölgan. Ibn Sinoning «Tib qonunlari» kitobida 2400 dan ortiq dori vositalari keltirib ötilgan. Şu dori vositalaridan 1400 tasi ösimlik dori vositalariga ajratilgan.
Ana şunday tabiiy ösimlikdan tayyorlangan dori vositasi bu “ARTIFARM” dori vositasidir. Bu dori vositasi tabiiy bölib, böğim kasalliklarini davolaş uçun eng kerakli dorivor ösimliklardan ekstrakt qilinib, tabletkaga qöşilgan.
Bu tabletkani boşlanişiga bir marta, keyin ikki-uç marta içib yursa böladi. Dori vositasining yaxşi tomoni uni uzoq vaqt içiş mumkin hamda nojöya ta'siri deyarli yöq. Bu dori vositasi osteoartrozni davolaşda, toğay yemirilişini oldini olişda juda yaxşi samara beradi.
Biz biror dori vositasini qöllaşimizda faqat foydali tarafidan taşqari uning zararli tomonini ham öylaşimiz kerak. Ösimlikdan olinadigan fito preparatlarning nojöya ta'siri kam böladi. Tabiiy vosita bölgan “ARTIFARM” dori vositasi yakka özi qöllanilişi, yoki bölmasa kompleks tarzda, ya'ni boşqa preparatlar bilan qöşimça işlatilişi mumkin. Dori vositasini bemalol şifokorlarga, bemorlarga osteoartroz kasalligini oldini oliş uçun tavsiya qilamiz. Çunki kasallikni taşxislaş va davolaşdan taşqari uning oldini oliş juda muhim. “ARTIFARM” dori vositasi kasallikni profilaktikasida yaxşi samara beradi.
Xulosa örnida
Böğim kasalliklarini oldini olişda tomoq oğriği, angina, şamollaş kabi kasalliklarni oldini olib, bolalarni çiniqtiriş talab etiladi. Osteoartrozni oldini oliş uçun soğlom hayot tarziga köproq e'tibor qilişimiz lozim böladi. Bu kasallik köp harakatlilikda ham, kam harakatlilikda ham uçraşi mumkin. Harakatda ham harakat böladi. Masalan köpçilikka jismoniy tarbiya bilan şuğullanişni tavsiya qilganimizda aytişadiki: «men ertalabdan keçgaça işda harakatda bölaman». Afsuski bunday holatda inson tanasi bir tomonlama harakatda böladi. Badantarbiya maşqlarida barça böğinlar harakatda böladi. Şuning uçun doimiy ravişda jismoniy maşqlarni bajarib turiş böğim kasalliklarini oldini oladi.
Suhbatni töliq şaklda yuqoridagi videolavha orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Rahmatillo Isroilov tayyorladi.








