Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari o‘zlarini sudga berish uchun navbatga turishdi
Dushanba kuni sudlar oldida uzun navbatlar hosil bo‘ldi. Kataloniya Oliy sudi ariza berishlar sonini kuniga 25tagacha cheklab qo‘ydi.
Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari 2017 yil 1 oktyabrdagi mustaqillik referendumi va shu yilning 20 sentyabridagi mitinglarda qatnashganligi to‘g‘risida iqrorlik ko‘rsatmalarini berish uchun sudlarga yo‘l olishdi.
Ushbu kampaniya Oliy sud tomonidan ikki yil avvalgi noqonuniy referendumni tashkil etgan o‘n ikki nafar kataloniyalik siyosatchiga hukm chiqarilganidan so‘ng e'lon qilindi. Mazkur tashabbus bilan chiqqan Omnium Cultural jamoat tashkiloti raisi o‘rinbosari Marsel Mauri "Barselona, Tarragona, Leyda va Jirona sudlarini iqrornomalarga to‘ldirib tashlashga" chaqirdi.
"Agarda Ispaniyada miting o‘tkazish va ovoz berish jinoyat hisoblanadigan bo‘lsa, biz barchamiz bu soxta jinoyatning sheriklari va aybdorlarimiz va sudga o‘zimizni topshirishimiz kerak", - dedi u.
Dushanba kuni sudlar oldida uzun navbatlar hosil bo‘ldi. Kataloniya Oliy sudi ariza berishlar sonini kuniga 25tagacha cheklab qo‘ydi. Kampaniya e'lon qilinganidan buyon 10 mingga yaqin kataloniyaliklar iqrorlik ko‘rsatmalarini berdi, dedi Mauri.
Omnium Cultural yetakchisi Jordi Kuishar Oliy sud tomonidan to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Oliy sudi 12 nafar kataloniyalik siyosatchini aybdor deb topgan, ulardan to‘qqiz nafari isyon ko‘tarishga aloqadorlikda ayblanib 9 yildan 13 yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan.
Mavzuga oid
15:10 / 10.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyani tark etdi
11:03 / 09.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyaga qaytdi
07:10 / 09.08.2024
Kataloniyani Ispaniyadan ajralib chiqishga qarshi bo‘lgan siyosatchi boshqaradi
10:40 / 22.06.2024