Özbekistonning davlat qarzi maksimum me'yorlardan ança past darajada. Xalqaro taşkilotlar ham Özbekistonning davlat qarziga xizmat körsatiş salohiyatini yuqori baholagan. Şu boisdan bu masalada xavotirga örin yöq, deb bayonot berdi Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqov.
«Xalqimizga ham, kreditorlarga ham şuni aytmoqçimanki, bizda davlat qarziga xizmat körsatiş salohiyati kuçli. Xavotirga asos yöq», – dedi Isoqov jurnalistlar bilan suhbatda.
Seşanba kuni Moliya vazirligi va Markaziy bank vakillari bilan bölib ötgan davra suhbatida Özbekistonning taşqi qarzi böyiça ma'lumot berildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqovning ma'lum qilişiça, 2019 yil 1 iyul holatiga köra Özbekistonning jami taşqi qarzi 20,7 mlrd dollarni taşkil etgan. Bundan 13,1 mlrd dollari – davlat, 7,5 mlrd dollari – xususiy sektorning taşqi qarzi hisoblanadi.
«Xususiy sektorga neft, gaz, elektr energiyasi, telekom, banklar – xullas davlat tölamaydigan qarzlar, davlat sektori bölmagan qarzlar kiritiladi», – deya aniqlik kiritdi Isoqov.

Uning alohida ta'kidlaşiça, 13,1 mlrd dollarning deyarli hammasi – budjet defitsitini qoplaş uçun emas, balki investitsion loyihalar uçun işlatilgan qarzlardir.
«Hattoki töğridan-töğri jalb qilingan qarzdorlik ham budjet defitsiti uçun emas, balki ma'lum bir sohalardagi investitsion loyihalarga keyinçalik subsidiar qarz sifatida berilgan kreditlar hisoblanadi», – dedi Odilbek Isoqov.
Ma'lum qilinişiça, Özbekistonning taşqi davlat qarzi YaIMning 23,5 foiziga teng. Ayni paytda, Jahon Banki va Xalqaro Valuta Jamğarmasi tavsiyasiga köra bu boradagi maksimum körsatkiç 55 foizni taşkil etadi.
Ya'ni Özbekistonning taşqi davlat qarzi xalqaro moliya taşkilotlari tavsiya etgan eng yuqori nuqtadan ikki barobarga kam.

«Hozirgi qarz miqdori köpmi-kammi, degan masalaga kelsak.


















