O‘zbekiston qaysi sohalarni rivojlantirish uchun chetdan eng ko‘p qarz olgani ma'lum bo‘ldi
O‘zbekistonda energetika tarmog‘i – tashqi davlat qarzlari eng ko‘p yo‘naltirilgan soha.
O‘zbekistonning tashqi davlat qarzi 13,1 mlrd. dollarga teng, shundan 3,4 milliardi energetika sohasini rivojlantirish uchun olingan.
29 oktabr kuni Moliya vazirligi va Markaziy bank vakillari ishtirokida o‘tgan davra suhbatida davlat qarzining iqtisodiyot tarmoqlari kesimlaridagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma'lumot berildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Unga ko‘ra, eng ko‘p qarz olingan sohalar to‘rtligida energetikadan tashqari transport va transport infratuzilmasi (2,1 mlrd dollar) hamda qishloq xo‘jaligi va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish (1,6 mlrd.dan) tarmoqlari ham kiradi.
Mamlakat kimyo sanoatiga – 0,8 mlrd, ta'lim va sog‘liqni saqlashga – 0,6 mlrd, boshqa tarmoqlarga – 1,1 mlrd dollar miqdorida xorijiy sarmoya davlat qarzi sifatida jalb etilgan.
Shuningdek, davlat xalqaro obligatsiyalari – 1 mlrd dollar qiymatga ega.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov o‘zbekistonliklarni davlat qarzlari masalasida xavotirlanmaslikka chaqirgani xabar qilingan edi.
O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi MDHning ko‘p davlatlariga nisbatan kam – Odilbek Isoqov
Mavzuga oid
16:56 / 07.12.2024
Xitoy kreditlarining ikkita asosiy xavfi aytildi
19:22 / 05.12.2024
2024 yil uchun tashqi qarz limiti 5 mlrd dollardan 7,3 mlrd dollarga oshirilgan
18:09 / 05.11.2024
Turkiya Qirg‘izistonning tashqi qarzidan kechdi
17:21 / 29.10.2024