Özbekistonning davlat taşqi qarzi miqdori MDHning köp davlatlariga nisbatan past. Bu haqda Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Taşqi qarzimiz MDHning köp mamlakatlariga nisbatan past. Jadal rivojlanayotgan davlatlardan biri Gruziyaning taşqi qarzi YaIMning 38,7 foizini taşkil etadi», – dedi Isoqov seşanba kuni bölib ötgan davra suhbatida.
Özbekistonda esa davlat taşqi qarzi YaIMning 23,5 foizini taşkil qiladi.
«Taşqi qarzning miqdori albatta muhim. [Lekin] qarz qanday işlatilyapti, qanday sohalarga pul tikilyapti va buning iqtisodiyotga, xalqimizning farovonligi uçun ta'siri qanday bölayotgani köproq muhim deb hisoblayman», – deb qöşimça qildi Moliya vaziri örinbosari.

Vazirlik taqdim etgan ma'lumotlarga köra, 2019 yilning 1-yarim yil holatiga ayrim davlatlarda davlat taşqi qarzining YaIMga nisbati quyidagiça: Armaniston – 43,3 foiz, Tojikiston – 38 foiz, Belarus – 33,5 foiz, Ozarbayjon – 29,7 foiz, Ukraina – 27,7 foiz, Vetnam – 21,7 foiz, Turkiya - 15,8 foiz, Qozoğiston – 14,2 foiz.
Eslatib ötamiz, bundan oldin Odilbek Isoqov özbekistonliklarni davlat qarzlari masalasida xavotirlanmaslikka çaqirgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid:
Özbekiston qaysi sohalarni rivojlantiriş uçun çetdan eng köp qarz olgani ma'lum böldi

















