Oliy ta'lim muassasasi tarixida birinçi marta talabalar ikkita diplom olişdi: Inxa universiteti (Janubiy Koreya) namunasidagi diplom va Toşkent şahridagi Inxa universiteti diplomi. Diplomlar şaxsan Inxa universiteti prezidenti Inxa Myong Vu Ço va Toşkent şahridagi Inxa universiteti rektori Muzaffar Jalolov tomonidan topşirildi.

2019 yilda universitetning “Kompyuter va dasturiy injiring” yönalişi böyiça bakalavriatning 200 bitiruvçisi xalqaro diplomlar sohibiga aylandilar. Ta'kidlaş muhimki, universitet bitiruvçilariga berilgan diplomlar Janubiy Koreyada beriladigan diplomlar bilan bir xil va dunyoning barça davlatlarida işlaş va öqiş huquqini beradi.

Toşkentdagi Inxa universiteti öz faoliyatini 2014 yilda boşlagan.

“Universitetda 2014 yilda bor-yöği 115 talaba öqigan, bugungi kunda 5 yil ötib, 1548 talaba tahsil olmoqda. Joriy yilda bitiruvçilarimizning 72 foizi öz mutaxassisligi böyiça yetakçi mahalliy va xorijiy kompaniyalarga işga joylaşdi. Qolgan bitiruvçilar esa Özbekiston, Janubiy Koreya, Şveytsariya, Fransiya, Norvegiya, Vengriya, Angliya, Çexiya va Yevropaning boşqa davlatlarida magistraturada öqişlarini davom ettirmoqdalar”, deb ta'kidlab ötgan universitet rektori Muzaffar Jalolov.