Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada 2020 yildan ikki fuqarolikka ruxsat beriladi
O‘tgan yili Norvegiya parlamenti fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ma'qullagandi. O‘zgartirishlar 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Norvegiyada 2020 yildan boshlab ikki fuqarolikka ruxsat beriladi. Norvegiya telegraf byurosi (NTB) xabariga ko‘ra, Norvegiya fuqarolari boshqa davlat fuqaroligini olganida o‘z mamlakati pasportidan voz kechishiga to‘g‘ri kelmaydi, Norvegiya fuqaroligini olgan xorijliklar esa o‘z mamlakati fuqaroligida ham qolishlari mumkin bo‘ladi.
"Ikki fuqarolikka ega bo‘lishga ruxsat berish orqali biz Norvegiya qonunlari global tendensiyalarga muvofiqlashishiga harakat qilmoqdamiz", - dedi ta'lim va integratsiya vaziri Yan Ture Sanner.
O‘tgan yili Norvegiya parlamenti fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ma'qullagandi. O‘zgartirishlar 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Qayd etilishicha, boshqa davlat fuqaroligini olganligi uchun Norvegiya fuqaroligidan voz kechganlar qaytadan norveg pasportini olishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
10:35 / 25.04.2026
Norvegiyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
08:40 / 23.03.2026