Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonlik ochlikdan o‘lmaslik uchun qamoqxonaga tushdi
U o‘g‘irlangan telefondan politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, turli binolar minalashtirilgani to‘g‘risida yolg‘on xabarlar bergan.
Hindistonning Tamilnad shtati Chennay shahrida yashovchi erkak mina haqida ikki marta yolg‘on qo‘ng‘iroq qilganidan so‘ng hibsga olindi, deb xabar berdi Indiaglitz portali.
Nashrning xabariga ko‘ra, qashshoqlik va ochlik uni shu ishni qilishga majbur etgan.
Qayd etilishicha, "telefon terrorchisi" ikki marta uylangan bo‘lib, har ikki xotini ham uni tashlab ketgan. U shundan so‘ng tushkunlikka tushib, ishdan bo‘shagan. Uysiz va ishsiz qolgan erkak ovqat va boshpanaga ega bo‘lish uchun qamoqqa tushishga qaror qilgan.

U o‘g‘irlangan telefondan politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, turli binolar minalashtirilgani to‘g‘risida yolg‘on xabarlar bergan. Politsiya uning qayerdan qo‘ng‘iroq qilayotganini aniqlagan va hibsga olgan.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026