JÇ-2022 saralaşi doirasidagi Özbekiston - Saudiya Arabistoni uçraşuvidan oldin matbuot anjumani ötkazildi. Tadbirning dastlabki qismida milliy jamoamiz boş murabbiyi bilan birga jamoa sardori Odil Ahmedov ham jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Öylaymanki, ertangi öyin ahamiyati va muhimligini hammamiz yaxşi tuşunib turibmiz. Ertaga juda ham qiziqarli va muxlislarbop öyin böladi, deb öylayman. Xudo xohlasa, öylagan rejalarimiz amalga oşadi va biz ğalaba qozonişga harakat qilamiz.

- Saudiya Arabistoni bilan öyindan oldin muxlislarga murojaatingiz bormi?

- Hammamizni juda muhim öyin kutib turibdi. Barça muxlislarimizdan stadionga kelib, bizni qöllab-quvvatlab turişlarini söraymiz. Biz ham butun Özbekiston xalqini xursand qilişga intilamiz.

- Qirğiziston bilan bahsda markaziy himoyada öynadingiz. Bu çiziqda özingizni noqulay his qilmadingizmi?

- Himoyada birinçi marta öynayotganim yöq, şu bois maydonda noqulaylik sezdim, deb ayta olmayman. Hammasi joyida.