Özbekistonda 2018 yildan boşlab, xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga ruxsat berilgan edi. Ammo joriy yilning örtalariga kelib, bir neçta XBAlarga nisbatan jinoiy işlar qözğatilgani fuqarolarda ularga nisbatan işonçsizlik kayfiyatini uyğotmoqda.

Kun.uz muxbiri ayni mavzuda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşqarma boşliği Sarvar Karimov bilan suhbatda böldi.

– Hozirgaça neçta xususiy bandlik agentligiga litsenziya berildi? Ular viloyatlar kesimida qanday körsatkiçga ega?

– 2018 yil 30 noyabrdan hozirgi kunga qadar 90ta xususiy bandlik agentliklari davlat reyestriga kiritilgan, şundan 66ta XBAga fuqarolarni xorijda işga joylaştiriş bilan şuğullaniş uçun litsenziya berilgan.

Lisenziya olgan XBAlar soni viloyat kesimida quyidagiça: Toşkent şahri – 32 ta, Samarqand viloyati – 9 ta, Farğona viloyati - 5 ta, Andijon viloyati – 8 ta; Navoiy, Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida bittadan.

– Lisenziya olgan XBAlardan qançasining faoliyati tugatildi, qançasiga jinoyat işi qözğatildi?

– Ötgan davr davomida faoliyatini töğri boşqara olmaganligi, öz taşabbusi yoki qonunbuzarliklarga yöl qöyganliklari uçun 8ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilingan, 3ta XBA litsenziyasi vaqtinçalik töxtatilgan va 3ta XBAga jinoyat işi oçilgan.

– Hozirgi kunda XBAlar tomonidan fuqarolar aynan qaysi davlatlarga işga yuborilmoqda? Bu boradagi statistik ma'lumotlar qanday?

– Hozirgi kunda XBAlar tomonidan çet elga işga yuborilgan fuqarolar soni 1876 nafar bölib, bulardan 1005 nafari Rossiya Federatsiyasiga, 529 nafari Turkiya, 6 nafari BAA, 6 nafari Bolgariya, 6 nafari Estoniya, 5 nafari Isroil, 72 nafari Latviya, 213 nafari Litva, 25 nafari Polşa, 1 nafari Qatar, 2 nafari Qozoğiston, 1 nafari Ummon, 5 nafari Yaponiya davlatiga töğri keladi.

– Özbekiston XBAlar taşkil etilişi va ular faoliyat yuritişiga qançalik tayyor edi?

– Özbekistonda XBAlar taşkil etilişiga asosiy sabablardan biri – çet elga uyuşmagan mehnat migratsiyasining katta oqimi mavjudligi, 2018 yilga qadar qonuniy mehnat migratsiyasi uçun bozor mavjud emasligi va şu kunga qadar bozor monopollaştirilganligi edi.

Bozorda bepul xizmat körsatayotgan bitta vazirlik rasmiy vakilining mavjudligi barça fuqarolarning talab va takliflarini qondira olmaydi, iş beruvçilarni işsiz mehnat kuçi bilan ta'minlaşga jismonan imkoniyat mavjud emas edi.