Özbekistonda xususiy bandlik agentliklarining 30tasi tomonidan birorta ham fuqaro şu kunga qadar xorijiy davlatlarga işga yuborilmagan. Bu haqda 2019 yil 25 oktabr kuni parlament Qonunçilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qömitasi tomonidan Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan “Özbekistonda migratsiya jarayonlari: muammo va yeçimlar” mavzusida ötkazilgan davra suhbatida aytib ötildi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabariga köra, “Xususiy bandlik agentliklari töğrisida”gi Qonun asosida 88 ta yuridik şaxs Xususiy bandlik agentligi sifatida Mehnat vazirligi reyestrida röyxatdan ötkazilgan. Ulardan 65 tasiga fuqarolarni xorijda işga joylaştiriş faoliyati bilan şuğullaniş uçun litsenziya berilgan bölib, bugungi kunda ularning 59 tasi öz faoliyatini yuritmoqda.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan yuridik şaxslarning reyestrini şakllantiriş 1 kunlik qisqa muddatda, litsenziya beriş 3-5 kunda amalga oşirilmoqda. Joriy yilning ötgan davri davomida Xususiy bandlik agentliklari tomonidan 1655 nafar fuqaro çet elda, 77 nafar fuqaro respublikamiz hududida işga joylaştirildi, 33 838 nafar fuqaroga maslahat va axborot xizmati körsatildi.
Şu bilan birga, ötgan vaqt davomida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga va boşqa mas'ul idoralarga ayrim xususiy bandlik agentliklari faoliyati ustidan köplab fuqarolarning salbiy murojaatlari kelib tuşgani qayd etildi.
Deputatlar, ayniqsa, Özbekiston Respublikasidan taşqarida iş qidirayotgan şaxslarni işga joylaştiriş maqsadida litsenziyaga ega bölgan 65 ta xususiy bandlik agentliklaridan 30 tasi tomonidan birorta ham fuqaro şu kunga qadar xorijiy davlatlarga işga yuborilmaganini tanqid qildilar.
Muhokamalar çoğida kötarilgan masalalar – sohadagi muammolar ildizini çuqur örganiş, ularni bartaraf etiş çora-tadbirlarini işlab çiqiş yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Deputatlar sohadagi muammolarga yeçim topiş, ayniqsa, xususiy bandlik agentliklari faoliyatini takomillaştiriş masalasida parlament nazoratini kuçaytiriş lozimligiga e'tibor qaratdilar.
«Human xususiy bandlik agentligi» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işining yangi tafsilotlari oşkor qilindi












