“Xususiy bandlik agentliklari töğrisida”gi qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi. Tegişli loyiha muhokama uçun e'lon qilindi.

Qonunning 15-moddasi (Xususiy bandlik agentliklari tomonidan xizmatlar körsatiş töğrisidagi şartnoma) quyidagi tahrirdagi uçinçi qism bilan töldiriladi:

“Xizmat körsatiş töğrisidagi şartnoma har bir xizmat turi böyiça alohida tuziladi:

Özbekiston Respublikasidan taşqaridagi işni qidirayotgan şaxslarni işga joylaştiriş böyiça;

işga joylaştiriş sohasida axborot va maslahat xizmatlari böyiça”;

quyidagi tahrirdagi 15-1-modda bilan töldiriladi:

“15-1-modda. Şartnomalar asosida Özbekiston Respublikasidan taşqarida işga joylaştiriş va axborot-maslahat xizmatlari böyiça tölov şartlari

Işga joylaştiriş sohasida axborot va maslahat xizmatlari uçun tölov miqdori xususiy bandlik agentligi va iş qidirayotgan şaxs örtasidagi özaro kelişuvga köra belgilanadi, biroq qonunçilikda belgilangan bazaviy hisoblaş miqdorining uç barobaridan oşmasligi lozim.

Özbekiston Respublikasidan taşqaridagi işni qidirayotgan şaxslarni işga joylaştiriş uçun tölov miqdori xususiy bandlik agentligi va iş qidirayotgan şaxs örtasidagi özaro kelişuvga köra belgilanadi, biroq işga joylaşgan joydagi xorijiy iş beruvçi tomonidan tasdiqlangan bir oylik iş haqi miqdoridan oşmasligi lozim.

Özbekiston Respublikasidan taşqaridagi işni qidirayotgan şaxslarni işga joylaştiriş böyiça şartnoma imzolangandan söng iş qidirayotgan şaxs 2 (ikki) iş kun içida jönatuvçi taşkilot xizmatlari narxining 15 foizidan köp bölmagan miqdorda oldindan tölovni amalga oşiradi.

Tölanadigan taxminiy tölov miqdori xususiy bandlik agentligi va iş qidirayotgan şaxs örtasidagi özaro kelişuvga köra belgilanadi, biroq qonunçilikda belgilangan bazaviy hisoblaş miqdorining öttiz barobaridan köp bölmasligi lozim.

Xususiy bandlik agentligi tomonidan körsatilgan xizmatlar uçun yakuniy hisob-kitoblar iş qidirayotgan şaxs tomonidan işçi viza, mehnat şartnomasi loyihasi yoki çet ellik iş beruvçi tomonidan taqdim etilgan va işga joylaşişni kafolatlaydigan boşqa hujjat taqdim etilgandan söng amalga oşiriladi.

Xorijda iş bilan ta'minlaş töğrisidagi şartnoma xususiy bandlik agentligi tomonidan Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining «labor-migration» dasturiy ta'minoti elektron bazasida röyxatdan ötkaziladi”;