Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengaşining Özbekiston tomoni tarkibi ma'lum böldi.

«Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida xorijiy investorlar kengaşini tuziş va uning faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorga köra, Xorijiy investorlar kengaşining Özbekiston tomoni tarkibi quyidagiça köriniş oldi:

Ğulomov R.A. - Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi;

Mavlonov B.M. - Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qiliş departamenti rahbari;

Ğaniyev E.M. - Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari;

Qöçqorov D.A. - Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari — Özbekiston Respublikasi moliya vaziri;

Qosimov D.S. - Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil;

Nurmuratov M.B. - Özbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi;

Umurzoqov S.U. - Özbekiston Respublikasi investitsiyalar va taşqi savdo vaziri;

Xöjayev B.A. - Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri;

Komilov A.X. - Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri;

Davletov R.K. - Özbekiston Respublikasi adliya vaziri;

Abdurahmonov I.Yu. - Özbekiston Respublikasi innovatsion rivojlaniş vaziri;

Qudratov L.Ş. - Özbekiston Respublikasi investitsiyalar va taşqi savdo vazirining birinçi örinbosari;

Ikromov A.I. - Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi;

Kamolov K.Yu. - Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etiş agentligi direktori.

Qayd etilişiça, kengaş a'zolari boşqa işga ötgan taqdirda, uning tarkibiga uşbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegişli funksiyalarni bajariş yuklangan şaxslar kiritiladi.

Eslatib ötamiz, quyidagilar kengaşning asosiy vazifalari etib belgilangan:

ilğor jahon tajribasi va amaliyotlariga tayangan holda Özbekiston Respublikasi Hukumatiga mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirişning eng muhim yönalişlari böyiça maslahatlar beriş;

qulay investitsiya muhitini şakllantirişda, mahalliy hamda xorijiy tadbirkorlarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va hududlarga raqobatbardoş eksportbop mahsulotlarni işlab çiqaruvçi zamonaviy korxonalarni taşkil etiş maqsadida sarmoya kiritişlarini rağbatlantirişning samarali mexanizmlarini şakllantirişda bevosita iştirok etiş, şuningdek, investitsiyalarni, eng avvalo töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilişga va özaro manfaatli savdoni rivojlantirişga kömaklaşiş;

davlat organlari va xöjalik yurituvçi sub'yektlarning xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiya va boşqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlari bilan özaro manfaatli hamkorligini ta'minlaş;

investitsiyalarni jalb qiliş va investorlarning, şu jumladan xorijiy investorlarning faolligiga tösqinlik qiluvçi asosiy omillarni aniqlaş va tahlil qiliş, respublikada qulay işbilarmonlik va investitsiya muhitini saqlab turişni ta'minlaniş;

davlat organlari, Özbekiston Respublikasida faoliyat yurituvçi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlari, xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy va boşqa tuzilmalarning hamkorlikdagi sa'y-harakatlari bilan investitsiya jarayonlariga tösqinlik qiluvçi omillarni bartaraf etişga qaratilgan samarali takliflarni işlab çiqiş;

eksportni qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini takomillaştirişga, savdo infratuzilmasini, elektron tijorat tizimini izçil rivojlantirişga, mahalliy tovarlar va xizmatlarni taşqi bozorlarga olib çiqiş uçun qulay şaroitlar yaratişga, samarali transport yölaklari, zamonaviy logistika zanjirini şakllantirişga kömaklaşiş;

mahsulot sifatini boşqarişning zamonaviy tizimlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş, mahalliy mahsulotlarning xalqaro standartlar va texnik reglamentlarga muvofiqligini ta'minlaşning bosqiçma-bosqiç çoralarini köriş, ularning raqobatbardoşligini oşiriş, ilğor axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanişni qöllab-quvvatlaş çoralarini amalga oşiriş jarayonlariga ijobiy xorijiy tajribani joriy etiş;

Özbekiston Respublikasida investitsiyaviy faoliyatni tartibga soliş sohasidagi huquqiy bazani yanada takomillaştiriş böyiça takliflar va tavsiyalar tayyorlaş;

Özbekiston Respublikasining xalqaro imijini, xalqaro reyting va indekslardagi örnini yaxşilaş böyiça ustuvor yönalişlarni aniqlaş va samarali çora-tadbirlarni işlab çiqiş.