Boliviya senati Evo Moralesning 20 oktyabrdagi prezident saylovidagi ğalabasini bekor qiliş va yangi prezident hamda kongress saylovi ötkaziş tartibi töğrisidagi qonun loyihasini qabul qildi.

Endilikda hujjat körib çiqiş uçun deputatlar palatasiga, söngra imzolaş uçun prezidentga taqdim etiladi.

10 noyabrda Boliviyaning endilikda sobiq prezidenti Evo Morales mamlakatda yuz berayotgan tartibsizliklar tufayli prezident lavozimini tark etişini e'lon qilgandi. Uning ortidan vitse-prezident Alvaro Garsia Linera va mamlakatning oliy rahbariyati ham iste'foga çiqdi.

Senator-demokrat Janin Anes 12 noyabrda öz zimmasiga Boliviyaning vaqtinçlik prezident vakolatlarini olişini e'lon qildi.