Forbes.kz tahririyatining rahbari Anastasiya Novikova dunyoga maşhur naşrning Özbekistondagi versiyasining birinçi boş muharriri böladi.

Avvalroq, qozoğistonlik tadbirkor, Forbes Kazakhstan va Forbes Georgia naşrlari egasi Armanjan Baytasov Forbes Uzbekistan naşrini oçayotgani ma'lum bölgandi. Yangi jurnal tahririyati Toşkentda joylaşadi. Mutolaaçilarga naşrning ikki versiyasi – sayt va jurnal taqdim etiladi. Jurnal hozirça rus tilida çop etiladi, sayt esa özbek va rus tillarida faoliyat yuritadi. 2020 yil martda jurnalning ilk sonini çop etiş rejalaştirilgan.
Tadbirkorning ta'kidlaşiça, Anastasiya Novikova birdaniga ikkita tahririyatni - saytni va jurnalni boşqaradi.
- Öquvçilarimizni sifatli mahsulot bilan ta'minlaş biz uçun juda muhimdir. Biz doimo taqdim etilayotgan ma'lumot darajasiga ehtiyotkorlik bilan yondaşamiz. Şuning uçun hozirda ham Özbekiston içida, ham uşbu mamlakatdan taşqarida öquvçilar uçun qiziq böladigan mavzular ustida öylayapmiz. Forbes kabi jurnalni naşr etiş yuqori malaka va katta tajribani talab qiladi. Şuning uçun men Forbes Uzbekistan’ning birinçi boş muharriri Anastasiya Novikova bölişini e'lon qilişdan mamnunman. Anastasiya - Forbes Kazakhstan jurnali elektron versiyasini yangi bosqiçga olib çiqqan şaxs. Anastasiya birdaniga ikkita tahririyatni: jurnal va veb-saytni boşqaradi. Bu biz uçun yangi çaqiriq, - dedi Armanjan Baytasov.
Ma'lumot uçun: Anastasiya Novikova turli yillar davomida mamlakatning eng yirik televizion kanallari, radio, bosma va onlayn naşrlarda işlagan. 2014 yilda Forbes Kazakhstan’ga boş muharrir örinbosari sifatida kelgan va 2016 yilda uning rahbariga aylangan.








