AQŞ Savdo vakolatxonasi (USTR) va Qöşma Ştatlarning Jahon Savdo Taşkilotidagi missiyasida uzoq yillar mas'ul lavozimlarda işlagan Mark Linskott Toşkentda matbuot anjumani ötkazdi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, savdo boşqaruvi sohasida 33 yillik iş tajribasiga ega ekanini aytgan amerikalik sobiq mulozim Özbekiston nima uçun Jahon Savdo Taşkilotiga kirişga harakat qilişi lozimligi böyiça fikr bildirib ötdi.
«Birinçidan, jahonda JSTga kirmagan davlatlar juda kam qolgan (164ta davlat a'zo – tahr.). Markaziy Osiyodan faqat Turkmaniston va Özbekiston hozirça taşkilot a'zosi emas.
JSTga qöşilişga qiziqiş bildirmayotgan KXDRni hisobga olmaganda, hatto uruşlardan keyin tiklanayotgan mamlakatlar – Sudan, Janubiy Sudan, Iroq kabilar ham taşkilotga kiriş tomon harakat qilmoqda.
Ikkinçidan, Özbekiston xorijdan investitsiya jalb etişga, öz mintaqasidan taşqari savdo aloqalarini ham östirişga katta e'tibor qaratmoqda. JSTga a'zolik Özbekistonga kirayotgan investorlar va mamlakatning savdo hamkorlariga kafolatlar va oşkoralikni taqdim etadi.
Uçinçidan, JSTga a'zo böliş Özbekistonga boşqa davlatlarning öziga aloqador tijoriy qarorlari ustidan (masalan, çegara va bojlar masalasida) şikoyat qiliş imkonini beradi. Misol uçun, Antigua va Barbuda JST orqali AQŞning savdo çeklovlariga qarşi çiqqandi. Yoki Markaziy Amerika mamlakatlari Yevropa davlatlari tomonidan banan importiga joriy etilgan çeklovlarning bekor qilinişiga erişişgan edi.
Qolaversa, Özbekiston JSTga qöşilib, uning tölaqonli a'zosi sifatida xalqaro savdo qoidalarini işlab çiqişda qatnaşiş imkoniga ega böladi», – deydi Mark Linskott.
Uning ta'kidlaşiça, Jahon Savdo Taşkilotiga asos solingan 1995 yildan buyon hali birorta davlat undan çiqib ketmagan.

JSTga a'zo böliş jarayoni qança vaqt davom etişiga qaysi omillar ta'sir etişi haqidagi savolga Linskott quyidagiça javob berdi.
«Jarayon uzoqqa çözilişi mumkin. Bu, şubhasiz, murakkab jarayon. Talabgor JST doirasidagi turli şartnomalarni öz qonunçiligiga tatbiq etişga tayyor bölişi kerak. Bu kelişuvlar savdo yoki xizmat körsatiş iştirokçilarining huquqlari, standartlar, subsidiyalar, tariflar va boşqalarni öz içiga oladi.



















