Yevropa ittifoqi Özbekistonning Jahon savdo taşkiloti (JST)ga qöşilişi uçun grant mablağlari ajratadi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar bermoqda.
2019 yilning 11 noyabr kuni Bryussel şahrida bölib turgan Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov va Yevropa komissiyasining Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot böyiça boş direktori Koen Doens «Özbekiston Respublikasining Jahon savdo taşkilotiga kirişi» va «Orolböyi mintaqasi uçun Inson xavfsizligi böyiça köp şeriklik trast fondiga Yevropa Ittifoqining taraqqiyot hissasi» texnik yordam loyihalarini moliyalaştiriş töğrisida bitimlarni imzoladilar.

Respublikaning JSTga qöşilişi uçun ajratiladigan grant mablağlari hajmi 5 million yevroni taşkil etadi. Loyiha uşbu taşkilotga a'zo böliş jarayonida, şu jumladan zarur hujjatlarni tayyorlaş, özbekistonlik mutaxassislarning JST kelişuvlari va xalqaro savdo tizimiga oid bilimlarini oşirişda Özbekistonga kömaklaşişni nazarda tutadi.
Köp şeriklik trast fondi loyihasi böyiça ajratilgan mablağlar (5,2 million yevro) fondning Orol dengizi mintaqasidagi loyihalarini amalga oşirişga yönaltiriladi.
Bundan oldin, Abdulaziz Komilov Özbekiston JSTga kiriş böyiça muzokaralarni imkon qadar tezroq yakunlamoqçi ekanini ma'lum qilgandi.
















