Jahon savdo taşkilotiga a'zo böliş borasida Özbekistonning qarori qat'iy va bu boradagi muzokalar faol davom etmoqda, deb ma'lum qildi Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev.

Safoyevning sözlariga köra, JSTga a'zo böliş borasidagi muzokaralarda Özbekiston öz mahalliy işlab çiqaruvçilari manfaatlarini himoya qiliş nuqtayi nazaridan ham yondaşmoqda. Bu haqda u bugun, 4 oktabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bölib ötgan matbuot anjumanida aytib ötdi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

«Jahon savdo taşkilotiga Özbekistonning kirişi böyiça aniq qaror va siyosiy iroda bor. JST bilan muzokaralar juda ham jadal keçmoqda. Konsultativ guruh juda faol işlayapti. Bu yönalişda çet eldan texnik yordam ham körsatilmoqda.

Jahon savdosining 90 foizdan ortiği şu taşkilot doirasida keçadi. Öz milliy manfaatlarimizni himoya qiliş, savdo aloqalarida huquqlarimizni muhofazalaş nuqtayi nazaridan bu taşkilotga a'zolik muhim ahamiyat kasb etadi.

Taşkilotga kirişda biz öz şartlarimizni ilgari suryapmiz. Ya'ni içki işlab çiqaruvçilarimizni himoya qiliş haqida gap ketyapti», ─ deya ta'kidladi Sodiq Safoyev.

Şuningdek, Safoyev Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga kirişi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga ehtimoliy a'zoligi masalasining körilayotgani örtasida heç qanday ziddiyat yöqligini ma'lum qildi.

«Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kiriş-kirmaslikning tahlil qilinayotgani va JSTga a'zo böliş masalalari örtasida ziddiyat mavjud emas. Çunki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining barça a'zolari Jahon savdo taşkilotiga ham a'zo bölgan», ─ dedi Senat raisining birinçi örinbosari.