Özbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirgan taqdirda ham, dunyoning barça mamlakatlari bilan savdo uçun oçiq bölib qolişi kerak, deb hisoblaydi Xalqaro Valuta Jamğarmasining Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo departamenti direktori örinbosari Yuxa Kyaxkonen.
XVJ vakili 12 noyabr kuni Toşkent Moliya institutida ötkazilgan «Kavkaz va Markaziy Osiyo: mintaqaviy iqtisodiyotning rivojlaniş istiqbollari» hisoboti taqdimotidan keyin berilgan savolga javoban ana şunday fikr bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi – mintaqaviy taşkilot hisoblanadi. Har qanday taşkilotda bölgani kabi uning ham öz ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. Istiqboldagi afzalliklar haqida gapiriladigan bölsa, ulardan köpçiligi iqtisodiy muhitning yaxşilanişi bilan boğliq böladi. Xususan, mehnat mobilligi ortadi. Bu Rossiyada işlaşni istaydigan Özbekistondan borgan işçilar uçun juda muhim omil sanaladi.
Fakt şuki, mazkur ittifoq doirasida mamlakatlar örtasida bojxona tariflari qöllanmaydi. Bu – mintaqaning özida ularning bir-birlari bilan savdo qilişida turtki böluvçi omilga aylanadi.

Boşqa tomondan, dunyoning boşqa davlatlari bilan savdo qiliş uçun YeOIIning öz tariflari böladi. Bu esa boşqa mintaqalar bilan savdo yuritişni murakkablaştiradi. Agar Rossiyadagi ösiş hisobga olinadigan bölsa, uning yuqori emasligidan kelib çiqib, global tariflarning mavjudligi fakti ayniqsa yaqin muddatli istiqbolda köproq salbiy hisoblanadi.
Şuning uçun agar Özbekiston YeOIIga kirişga qaror qilsa, özining barça savdo çegaralari oçiqligini saqlaşi, ya'ni savdo operatsiyalaridan maksimal foyda oliş uçun dunyoning barça mintaqa va mamlakatlari bilan savdo qilişga oçiq bölib qolişi juda muhim», – dedi Yuxa Kyaxkonen.
Eslatib ötamiz, oktabr oyida Özbekiston rasmiylari YeOIIga qöşiliş masalasini uç yildan buyon körib çiqayotgani ma'lum bölgan edi.
Mamlakatni 2030 yilgaça kompleks rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasiga köra, Özbekiston 2019-2021 yillar oraliğida YeOII a'zolari bilan erkin savdo kelişuvini imzolaşi, 2022-2025 yillarda esa YeOIIga a'zo bölib kiriş böyiça izçil tadqiqotlar ötkazişi közda tutilgan.
Rossiyadan boşqa a'zo davlatlarning savdo balansi manfiy — YeOII haqida faktlar sözlaganda

















