Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev AQŞning Özbekiston va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi örtasidagi hamkorlik mamlakatning Jahon savdo taşkilotiga kirişini murakkablaştirişi haqidagi bayonotini raqobatbardoş bölmagan kuraşning körinişi, deb atadi. Bu haqda TASS yozmoqda.
«Bugun Özbekistonda Amerika Qöşma Ştatlarining vazirlaridan biri, ular şunçalik köpki, hatto kim ekani yodimda yöq, Yevrosiyo ittifoqi va Özbekiston örtasidagi hamkorlik Özbekistonning JSTga kirişini qiyinlaştirişi haqida gapirdi, - deya izoh bergan Medvedev Yevrosiyo hukumatlararo kengaşi majlisida. - Aytişim mumkinki, bu aniq raqobatbardoş bölmagan kuraşning usullaridan foydalanişdir».
Şu bilan birga, Rossiya boş vaziri aynan kimni nazarda tutgani ma'lum emas. Ta'kidlab ötiş joizki, Özbekistonga yaqin vaqt içida Amerika Qöşma Ştatlaridan u yoki bu sohaga mas'ul bölgan vazirlar taşrif buyurmadi.
Bundan taşqari, Rossiya Federatsiyasi boş vazirining fikriga köra, jahon savdosini taşkillaştirişda çalkaşliklarni keltirib çiqaradigan, savdo uruşlarini olib boradigan va aslida xalqaro savdo aylanmasini buzib körsatadigan Amerika ma'muriyatidan bunday sözlarini eşitiş ğalatidir. Rossiya hukumati rahbarining taxmin qilişiça, Ğarbdagi hamkasblar Yevrosiyoda röy berayotgan integratsiya jarayonlarini «yoqtirmaydi». «Ammo, şubhasiz, biz bu sohada şeriklarimiz bilan işlaşni barça yönalişlarda davom ettiramiz», - deya xulosa qildi Medvedev.

Avvalroq, AQŞ savdo vaziri Uilbur Ross Amerika-Özbekiston savdo palatasida bölib ötgan biznes-forum çoğida Özbekistonning YeOIIga a'zo böliş istagi uşbu mamlakatning JSTga a'zo böliş jarayonini murakkablaştirişi va çözişi mumkinligini aytgandi.
Bundan oldin, Rossiya Federatsiyasi Federatsiyalar kengaşi raisi Valentina Matviyenko Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşiliş masalasini körib çiqayotgani haqida ma'lum qilgandi.

















