Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari muddatidan avval ovoz berishda ishtirok etdilar
13 dekabr kuni Orlando shahrida (Florida shtati, AQSh) Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida muddatidan oldin ovoz berish tashkillashtirildi.
22 dekabr – saylov kuni Vashington shahridagi elchixonaga borish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolarning saylov huquqlaridan foydalanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida ushbu shtatda birinchi marta muddatidan avval ovoz berish tashkillashtirildi.
Ovoz berish Orlando shahri markazida Marriott mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Maxsus xonaga raqobatlashayotgan siyosiy partiyalarning nomzodlari to‘g‘risida ma'lumotlar joylashtirildi.
O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, muddatidan avval ovoz berishning ilk kunida 70 dan ortiq hamyurtlarimiz o‘z fuqarolik tanlovlarini namoyish qildilar.
Mamlakatimiz parlamenti saylovi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish 15 dekabr kuni Jorjiya shtati Atlanta shahrida va Kanadaning Toronto shahrida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq, AQSh hududida 150-Shayxontohur saylov okrugiga biriktirilgan mamlakatimizning Vashington shahridagi elchixonasida 12- va Nyu-York shahridagi bosh konsulxonasida 33-saylov uchastkalari tashkil etilgan.
O‘zbekiston fuqarolari barcha masalalar bo‘yicha quyidagi aloqa ma'lumotlari orqali murojaat qilishlari mumkin:
O‘zbekistonning Vashington shahridagi elchixonasi – Tel: +1-202-887-5300 (ichki 1), Tel./Telegram: +1-202-251-8298, elektron pochta: consul.washington@mfa.uz, Telegram-kanal: @ElchixonaUz, veb-sayt: www.uzbekistan.org;
O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsulxonasi – Tel: +1-212-754-7403 // +1-212-754-6178 (ichki raqamlar 107 va 109), Tel: +1-917-539-4664, +1-347-217-4406, elektron pochta: info@uzbekconsulny.org, veb-sayt: www.uzbekconsulny.org.
Shuningdek, 14 dekabr kuni Stokholm shahrida Shvetsiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari muddatidan avval ovoz berishdi.
O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra, Germaniya hududida 8- va 47-saylov uchastkalari tuzilib, ular Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi 140-Darxon saylov okrugiga biriktirildi.
Saylov uchastkalari manzillari:
8-saylov uchastkasi – Perleberger Str. 62, 10559 Berlin O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi binosida. Telefon: +49(0)30-39409830, faks: +49(0)30-39409862, elektron pochta: botschaft@uzbekistan.de;
47-saylov uchastkasi – Eschenheimer Anlage 1, 60316 Frankfurt am Main O‘zbekiston Respublikasi bosh konsulxonasi binosida. Telefon: +49(0)69915011110, faks: +49(0)699 15011115, elektron pochta: gk.usbekistan@gmail.com;
O‘zbekiston fuqarolari quyidagi shaharlarda muddatidan oldin ovoz berishlari mumkin:
- 12-19 dekabr kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha yuqorida ko‘rsatilgan saylov uchastkalarida;
- 15 dekabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Praha shahrida;
- 15 dekabr kuni soat 15:00 dan 18:00 gacha Myunhen shahrida.
Ovoz berishda ishtirok etish uchun saylovchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (pasport – nobiometrik, biometrik, xorijga chiqish uchun yoki diplomatik, harbiy guvohnoma, O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi) taqdim qilishi zarur.
Mavzuga oid
07:31 / 04.08.2022
Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi
08:43 / 30.06.2022
Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida yangi boshqarma tashkil etildi
12:37 / 21.06.2022
Xitoy elchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga tashrif buyurdi
12:43 / 04.05.2022