Fransiya sudi France Télécom (hozirgi nomi Orange) telekommunikatsiya kompaniyasining sobiq boş direktori va prezidenti Dide Lombardga kompaniya xodimlarining ommaviy ravişda öz jonlariga qasd qilişlari böyiça iş doirasida öz hukmini e'lon qildi. Bu haqda BBC News xabar berdi.
77 yoşli Lombard 12 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. U 4 oyni panjara ortida ötkazadi, qolgan 8 oyi esa şartli ravişda tayinlandi. U şuningdek, 15 ming yevro jarima tölaydi. Lombardning örinbosari va HR-departamenti sobiq direktoriga ham xuddi şunday jazo tayinlandi.
Sud Lombard va kompaniyaning ikki top-menejyerini öz qöl ostidagilarga nisbatan ruhiy bosim ötkazişda, buning natijasida France Télécom xodimlari öz jonlariga qasd qilişganida aybdor deb topdi. Bundan taşqari, yana tört nafar top-menejyer jinoyatga şeriklikda aybdor deb topildi va har biri şartli ravişda tört oyga qamoq jazosiga hamda 5 ming yevro jarima tölaşga hukm qilindi.
Sud işi davomida France Télécom kompaniyasining 39 nafar xodimi işi örganildi, ulardan 19 nafari özini öldirgan, 12 nafari özini öldirişga uringan. Qolgan sakkiz kişi tuşkunlikka tuşgan.
2000-yillarda France Télécom rahbariyati kompaniya restrukturizatsiyasini ötkazgan. Kompaniya top-menejmenti 22 ming iş örnini qisqartiriş va 10 ming xodimni qayta öqitişni rejalaştirgan. Buning doirasida qator xodimlar oilalaridan uzoqqa, boşqa şaharlarga jönatilgan, ayrimlariga esa özlariga munosib deb bilmagan işlar topşirilgan. Buning natijasida ommaviy öz joniga qasd qilişlar sodir bölgan.








