Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quvada deputatlikka nomzodning ishonchli vakili ma'muriy javobgarlikka tortildi
Xalq deputatlari Quva tuman kengashiga «Adolat» sotsial demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan B.Mavlonovning ishonchli vakili X.Abdullayev saylov kuni tashviqot olib borgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortildi.
Bosh prokuraturadan ma'lum qilishlaricha, X.Abdullayev 22 dekabr kuni soat 08:30larda o‘zining «Lasetti» rusumli avtomashinasi oldi qismiga «Adolat» sotsial demokratik partiyasi, ikki yon tomonlariga «Mavlonov Bahromjonga ovoz bering» degan yozuvlarni oddiy bo‘yoqda yozib olib, Quva tumani Jalayor okrugi hududidagi 25-sonli maktabda joylashgan 589-sonli, Mehnatobod qishlog‘i 51-maktabda joylashgan 743-sonli saylov uchastkalari oldida avtomashina oynalarini ochgan holda «Mavlonov Bahromjonga ovoz beringlar» deb targ‘ib qilgan.
«Ushbu holat yuzasidan, Quva tuman prokuraturasi tomonidan B.Mavlonovning ishonchli vakili X.Abdullayevga nisbatan MJtKning 51-5-moddasi bilan ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun Quva tuman ma'muriy sudiga yuborilgan», deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Ma'lumot uchun, MJtKning 51-5-moddasiga asosan, saylovoldi tashviqotini olib borish shartlari va tartibini buzgan ishonchli vakil EKIHning 7 baravaridan 10 baravarigacha jarimaga tortiladi.
- IIV: Quvada saylov qonunchiligi buzilgan. Holatni prokuratura o‘rganmoqda
- Deputatlikka nomzod ma'muriy javobgarlikka tortildi. U saylovchilarni un va yog‘ bilan o‘ziga og‘dirmoqchi bo‘lgandi
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026