«Saylov kodeksining 44-moddasiga köra, deputatlikka nomzodlar tomonidan taşviqotni saylovçilarga imtiyozli şartlarda tovarlar beriş, xizmatlar körsatiş bilan qöşib olib boriş taqiqlangan bölişiga qaramasdan, Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi deputatligiga 38-Olmazor saylov okrugidan nomzodi körsatilgan A.M.Axmedov 15 dekabr kuni Çilonzor tumani «Katta Çilonzor-1» mahalla fuqarolar yiğini va 16 dekabr kuni «Katta Çilonzor-2» mahalla fuqarolar yiğini hududida ötkazilgan yarmarkalarda iştirok etib, «Özlidep» logotipi joylaştirilgan peştaxtalar orqali, rahbarligidagi taşkilot tomonidan işlab çiqarilgan un va yoğ mahsulotini saylovçilarga imtiyozli arzonlaştirilgan narxda sotiş xizmatini körsatgan hamda saylovçilar bilan uçraşib, saylovoldi taşviqotini olib borgan.
Deputatlikka nomzod A.M.Axmedov öz harakatlari bilan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-5-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan.
Uşbu holat yuzasidan, Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan A.M.Axmedovga nisbatan MJtKning 51-5-moddasi bilan ma'muriy javobgarlik töğrisida iş qözğatilib, töplangan hujjatlar mazmunan körib çiqiş uçun ma'muriy işlar böyiça Çilonzor tuman sudiga yuborilgan», deyiladi Boş prokuratura matbuot xizmati tomonidan Kun.uz’ga berilgan ma'lumotda.

















