Kun.uz sayti 2020 yil 1 yanvardan boşlab kutilayotgan ayrim özgarişlarni e'tiboringizga havola etadi.
Bodi-kameralarga oid qaror kuçga kiradi

2020 yil 1 yanvardan boşlab, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanişi tartibi töğrisida»gi nizomning 18-bandi törtinçi xatboşi kuçga kiradi.
Unga köra, endilikda yöl harakati qatnaşçilari (haydovçi va piyodalar) YPX xodimlari bilan özaro munosabatlarda xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega böladi.
Ma'lumot uçun, uşbu qoida 2019 yil 1 iyulidan boşlab kuçga kirişi lozim edi. Biroq, Mudofaa sanoati davlat qömitasi va Içki işlar vazirligi rahbariyati tomonidan yöl qöyilgan ortiqça sansalorlik va byurokratizm sabab soha xodimlari bodi-kameralar bilan öz vaqtida ta'minlanmagan, Vazirlar Mahkamasining 3 iyuldagi 556-sonli qarori bilan bu tartibning kuçga kirişi keçiktirilgan edi.
NNTni davlat röyxatidan ötkaziş uçun davlat boji stavkalari pasaytiriladi
Prezidentning joriy yil 4 oktyabrdagi qarori bilan, 2020 yil 1 yanvardan boşlab:
- respublika, viloyatlararo NNTni davlat röyxatidan ötkaziş uçun undiriladigan davlat boji stavkalari bazaviy hisoblaş miqdorining 4 baravaridan 3 baravarigaça, viloyat NNT uçun – bazaviy hisoblaş miqdorining 2 baravaridan 1 baravarigaça pasaytiriladi.
- faoliyatini tuman (şahar), şaharça, qişloq va ovul hududida olib boradigan NNT davlat röyxatdan ötkaziş uçun davlat boji stavkasi bazaviy hisoblaş miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
- NNT va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining faoliyatini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşga davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma şaklidagi mablağlar Qoraqalpoğiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toşkent şahar budjeti, şuningdek, tuman va şaharlar budjetlarining xarajatlariga qöşiladi.













