Özbekistonda 2020 yil 1 yanvardan boşlab elektron mehnat daftari joriy etiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorda aytilgan.

Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining 2020 yil 1 yanvardan quyidagilarni ta'minlovçi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini (“YaMMT” IDAK) joriy qiliş töğrisidagi taklifi ma'qullandi:

iş beruvçilar va xodimlar örtasidagi mehnat munosabatlarini, şu jumladan, mehnat şartnomalarini tuziş, mehnat şartnomalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek, ularni tugatiş tartib-taomillarini elektron röyxatdan ötkazişni amalga oşiriş;

iş beruvçilarning tuzilmasi (ştatlar jadvali), şu jumladan, mavjud va yaratiladigan iş örinlari, mehnat şaroitlari, mehnatga haq tölaş şartlari töğrisidagi elektron ma'lumotlar bazasini şakllantiriş;

xodimning mehnat stajini hisoblaş töğrisidagi ma'lumotlar, hisoblangan iş haqi va jismoniy şaxslarning mehnatga haq tölaş körinişidagi daromadlariga hisoblangan soliqlar, fuqarolarning şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya jamğarmasi hisobiga tölovlar haqidagi axborotga asoslangan elektron mehnat daftarçasida jismoniy şaxslarning mehnat faoliyati töğrisidagi ma'lumotlarni şakllantiriş va yuritiş;

aholi bandligini ta'minlaş sohasida davlat siyosatini amalga oşirişni muvofiqlaştiriş darajasini va uning samaradorligini oşiriş uçun mehnat bozori körsatkiçlari holati va dinamikasi töğrisidagi axborotlardan iborat ma'lumotlarni idoralararo tizimlaştirilgan tarzda va muntazam ravişda elektron almaşişni joriy etiş;

xodimlar hamda işçilarning son va sifat tarkibi, vakansiyalar, şuningdek, işga joylaşiş uçun nomzodlarga iş beruvçilar tomonidan qöyiladigan malakaviy va boşqa talablar töğrisida avtomatik tarzda töplanadigan xolis, şaffof va dolzarb ma'lumotlarni şakllantiriş;

manfaatdor taşkilotlarga ular öz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarişi uçun “YaMMT” IDAKdan zaruriy ma'lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etiş;

mehnat resurslarining, xususan, mehnat resurslari toifalari, işga layoqatli, iqtisodiy faol va nofaol aholi qatlamlari, şu jumladan, Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi va Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotlari asosida pensiya yoşidagi işlayotgan şaxslar va nogironligi bölgan şaxslar töğrisida har kuni yangilanadigan balansini şakllantiriş;