Hujjat bilan davlat xizmatlarini körsatiş böyiça ma’muriy hujjatlarning qonunçilikka muvofiqligini sudgaça körib çiqiş tartibi töğrisidagi vaqtinçalik nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom arizalar qaysi hududdan berilganidan qat’i nazar, Toşkent şahrida körsatiladigan quyidagi davlat xizmatlariga nisbatan tatbiq etiladi:

  • tadbirkorlik sub’yektlarini davlat röyxatidan (qayta davlat röyxatidan) ötkaziş;
  • tadbirkorlik sub’yektlari bölmagan yuridik şaxslarni (davlat organlari va muassasalari, uy-joy mulkdorlari şirkatlari, yuridik şaxslar birlaşmalari, advokatlik tuzilmalarini) davlat röyxatidan (qayta davlat röyxatidan) ötkaziş;
  • tadbirkorlik sub’yektlarini ixtiyoriy tugatiş;
  • kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franşizing) şartnomalarini davlat röyxatidan ötkaziş;
  • fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini özgartiriş, töldiriş;
  • tegişli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş organlaridan çiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qöyiş;
  • jismoniy şaxslarni Professional mediatorlar reyestriga kiritiş;
  • yuridik maslahatçilar taşkilotini Yuridik maslahat xizmatlarini körsatuvçi tijorat taşkilotlari reyestriga kiritiş;
  • nodavlat sud-ekspertiza taşkilotlari sud ekspertlariga sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovçi sertifikat beriş;
  • davlat umumiy örta ta’lim taşkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlaş;
  • "Bir million dasturçi" loyihasi doirasida öquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoşlarga, şuningdek, IT-park rezidentining öquvçisi yoki bitiruvçisi bölgan yoşlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qiliş uçun kafillik beriş hamda mazkur kreditlarning foiz tölovlarini kompensatsiya qiliş;
  • xalqaro imtihon tizimlari böyiça yuqori ball (daraja) olgan yoşlarga öqiş va imtihon topşiriş xarajatlarini töliq qoplab beriş;
  • suv ta’minoti va suvni çiqarib taşlaş tarmoqlariga ulaniş uçun texnik şartlarni oliş;
  • issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulaniş uçun texnik şartlarni oliş;
  • elektr energiyasini ölçaş vositasi va tizimini plombalaş hamda elektr ta’minoti şartnomasini tuziş;
  • elektr energiyasini hisobga oliş uskunasini (hisoblagiçni) qiyoslaşdan ötkaziş (yeçiş va ulaş bilan birga);
  • içimlik va issiq suvni hisobga oliş uskunasini (hisoblagiçni) qiyoslaşdan ötkaziş (yeçiş va ulaş bilan birga);
  • elektr energiyasini hisobga oliş uskunasini (hisoblagiçni) yeçiş, örnatiş va tamğalaş;
  • içimlik suvini hisobga oliş uskunasini (hisoblagiçni) yeçiş, örnatiş va tamğalaş;
  • ulanadigan quvvati 20 kVtdan yuqori bölmagan elektr tarmoqlariga ulaniş uçun texnik şartlarni oliş;
  • 1,2 MPa bosimdan yuqori bölmagan gaz tarmoqlariga ulaniş uçun texnik şartlarni oliş.

Apellyatsiya kengaşlari tomonidan şikoyatlarni körib çiqqanlik uçun tölovlar undirilmaydi.

Sudlarda körib çiqilgan yoki körib çiqilayotgan masalalar böyiça yöllangan şikoyatlar apellyatsiya kengaşlari tomonidan körib çiqilmaydi.

Apellyatsiya kengaşlari majlisi yakuniga köra quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

  • ma’muriy hujjatni özgarişsiz qoldiriş;
  • ma’muriy hujjatga özgartiriş kiritiş böyiça vakolatli organga majburiyat yuklaş;
  • ma’muriy hujjatni qisman yoki töliq bekor qiliş, şuningdek, vakolatli organ tomonidan davlat xizmatlari körsatiş töğrisidagi arizani qayta körib çiqiş.