Qonunbuziliş holatlari qömitaning Toşkent şahar hududiy boşqarmasi tomonidan 2025 yilning yanvar va fevral oylari davomida reklama töğrisidagi qonunçilik talablariga muvofiqligi yuzasidan örganiş va monitoring işlari olib borilganda aniqlangan.
Olib borilgan örganiş natijalariga muvofiq, hududiy boşqarma maxsus komissiyasi tomonidan Toşkent şahrida faoliyat körsatayotgan 30 dan ortiq xöjalik yurituvçi sub’yektlarga, jumladan:
- COCA-COLA ICHIMLIGI UZBEKISTON LTD MÇJ XK,
- INTERNATIONAL BEVERAGES TASHKENT MÇJ XK (Pepsi),
- MAK FOOD SERVIS MÇJ,
- LUMIERI MÇJ,
- TURAN MEDIA MÇJ,
- OQTEPA FOOD SERVICE MÇJ,
- BARATRUM MÇJ (SAFIA)ga nisbatan “Reklama töğrisida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Taşqi reklama bozorini tartibga soliş töğrisida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan taşqi reklama va axborotni joylaştiriş tartibi buzilişi yuzasidan işlar qözğatilib, moliyaviy jarimalar qöllaş haqida qarorlar qabul qilingan.
Şuningdek, qonunbuziliş holatini bartaraf etiş va kelgusida yöl qöymaslik böyiça bajarilişi majburiy bölgan körsatmalar berilgan.







